Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

TSUE-Pendidikan IJDP

⏳ На проверке
@ijdp_tsue
Вступить в канал
1122подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
✅ TSUE-UPI 📈IJDP (International Joint Degree Program) 🌐 Website: http://ijdp.tsue.uz 🔗Telegram: https://t.me/ijdp_tsue 🔗Instagram: https://www.instagram.com/upi_uz?igsh=N2k3cmQweD 🔗Facebook: https://facebook.com/ijdp.tsue 📞Contact us: +99871 239 28 87
📚 Образование Английский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
🇺🇿 TDIU — dunyoning yetakchi universitetlari safida! Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education (THE) reyting agentligi tomonidan e’lon qilingan “World University Rankings–2027” global reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy egallab, 651–700-o‘rinlar oralig‘ida qayd etildi. Mazkur natija universitetning xalqaro miqyosdagi nufuzi, ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanib borayotgani hamda jahon akademik hamjamiyatidagi mavqei tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. 📚 TDIU jamoasi uchun ushbu yutuq — zamonaviy bilim, sifatli ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi izchil sa’y-harakatlarning muhim natijasidir. 👇 TDIU-IJDP fakultetining rasmiy sahifalari Telegram 🚀 IJDP yoshlar ittifoqi kanali 🚀 Instagram 📹 Google.com 🕸
🖼Фото
🇺🇿Joriy yilning 6-oktyabr kuni TDIU–Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti tyutorlari hamda talabalari Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi Tashrif davomida talabalar muzeyda ichki ishlar organlarining boy tarixi, xizmat faoliyati, turli davrlardagi xizmat kiyimlari, maxsus vositalar hamda fidokor xodimlarning jasorat namunalariga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Vatan tinchligi yo‘lida xizmat burchini ado etib halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga bag‘ishlangan pavilyon talabalarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur tashrif yoshlarning vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi. 👇 Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang ! Telegram 💬 Instagram 📹 Google.com 🕸
🖼Фото
#Tayinlov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga rektor tayinlandi Professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi Kongratbay Avezimbetovichni ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani munosabati bilan samimiy tabriklab, universitetning ilmiy va ta’lim salohiyatini yuksaltirish, xalqaro hamkorligini kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi. 🇺🇿 TDIU Axborot xizmati 🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.  Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.  Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.  Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi. Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.  Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook
🖼Фото
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti talabalari uchun Buxoro shahriga 2 kunlik madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. 🌿Sayohat davomida talabalar Buxoroning qadimiy va betakror obidalari, tarixiy maskanlari hamda boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. ✨Ikki kun davomida talabalar nafaqat tarixiy joylarga tashrif buyurib, yangi taassurotlar oldilar, balki o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, unutilmas xotiralar yaratish imkoniga ega bo‘ldilar. Buxoroning ko‘hna ko‘chalari, qadimiy obidalari va samimiy muhitidagi ushbu sayohat talabalar uchun mazmunli va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. 👇 TDIU-IJDP fakultetining rasmiy sahifalari Telegram 🚀 IJDP yoshlar ittifoqi kanali 🚀 Instagram 📹 Google.com 🕸

Профиль

Продвижение