Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Xorijiy filologiya va turizm fakulteti | Rasmiy kanal

⏳ На проверке
@ifomt_rasmiy
Вступить в канал
800подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Ingliz filologiyasi, o'qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining rasmiy kanali !!!
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🖼Фото
TALABALAR TURAR JOYIDA ADABIY TAHLIL VA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI 👍Andijon davlat chet tillari instituti 😃Xorijiy filologiya va turizm fakulteti tyutorlari M.Nosirov hamda Sh.Ne’matjonov boshchiligida talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida tyutorlarga biriktirilgan talabalar ishtirokida O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari tahlil qilinib, uning mazmuni, qahramonlari va tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Qiziqarli savollar va bahs-munozaralarga boy bellashuvda “Arkadashlar” jamoasi g‘alaba qozondi. Mazkur tadbir talabalarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish, bilim doirasini kengaytirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. 🌐Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting: 📱ifomt.uz 📱Telegram 📱Facebook📱Instagram
🖼Фото
#elon 🏛10.10.2026-yilda Andijon davlat chet tillari instituti “Sharq tillari nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tayanch doktoranti Olimov Zuxrobiddin Shaxobiddin o‘g‘lining 10.00.13 – Qiyоsiy  va chog‘ishtirma tilshunоslik ixtisosligi boʻyicha “O‘tkan kunlar” romanidagi emotsional birliklarning arab tiliga tarjimasi (lingvopragmatik yondashuv va strategik talqin)" mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi. Boshlanish vaqti: 13:30 da O‘tkaziladigan joy: “Sharq tillari nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi.
🖼Фото
#elon 🏛10.10.2026-yilda Andijon davlat chet tillari instituti “Turizm va tarjimashunoslik” kafedrasi tadqiqotchisi Bozorbekov Ahmadbek Sohibjon o'g'lining 10.00.13 – Qiyоsiy  va chog‘ishtirma tilshunоslik ixtisosligi boʻyicha “Zamonaviy logistika terminlarining lingvokulturologik va lingvopragmatik tadqiqi (o‘zbek, ingliz va rus tillari materiallari asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi uchun kafedra muhokamasi boʻlib oʻtadi. Boshlanish vaqti: 10:00 da O‘tkaziladigan joy: “Turizm va tarjimashunoslik” kafedrasi.
🖼Фото
TALABALAR “QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYIGA TASHRIF BUYURDILAR Bugun, 5-oktabr kuni Andijon davlat chet tillari instituti Xorijiy filologiya va turizm fakulteti tyutori M. Nosirov boshchiligida talabalar Andijon viloyatidagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida talabalar qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning tarixiy taqdiri haqida ma’lumot beruvchi eksponatlar hamda hujjatlar bilan tanishdilar. Mazkur tashrif talabalarning tarixiy bilimlarini boyitish, ajdodlar xotirasiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda tinchlik va mustaqillikning qadriga yetishiga xizmat qildi. 🌐Bizning sahifalarimizni kuzatishda davom eting: 📱ifomt.uz 📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Профиль

Продвижение