14 октября 2026 г. 11:52
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Tadbirkorlik_huquqi
❗️ O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish 2026-yil 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar o‘tkaziladi
Hukumat qarori (557-son, 09.10.2026 y.) bilan O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olishni o‘tkazish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
🔰 Qarorga ko‘ra, ro‘yxatga olish 2026-yil 15-oktyabrdan 30-noyabrga qadar o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish sanasi — 2026-yil 1-oktyabr, soat 00:00.
🔹 ro‘yxatga olishda iqtisodiy birliklar: yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilganlar va ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan subyektlar qamrab olinadi;
🔹 yuridik shaxslar hisobot.stat.uz orqali, o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar esa census.stat.uz orqali mustaqil ro‘yxatdan o‘tadi;
🔹 ro‘yxatga oluvchi xodimlar iqtisodiy birliklarni ularning faoliyat ko‘rsatayotgan manzilida ro‘yxatga oladi; so‘rov soat 09:00 dan 18:00 gacha o‘tkaziladi.
📝 Bundan tashqari:
🔒 Respondentlarga doir ma’lumotlar sir saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi;
📞 Savol va murojaatlar uchun 1851 qisqa raqamli koll-markaz tashkil etiladi;
🏛 Ro‘yxatga olish yakuniy natijalari Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida 2027-yil 1-sentyabrga qadar e’lon qilinadi;
✅ Ro‘yxatga olish tugagandan so‘ng o‘n kun davomida ro‘yxatga olingan iqtisodiy birliklarning 5 foizigacha qismi tanlanma nazorat ostida tekshiriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
14 октября 2026 г. 10:10
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Nodavlat sport tashkilotlari va sport inshootlari reestrlari yuritiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek, sport inshootlari reestrlariga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori (561-son, 13.10.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari reestrini shakllantirish, yuritish va ularni reestrdan chiqarish tartibi belgilandi. Bunda reestr axborot tizimi orqali yuritiladi va sport tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.
🔹 Ariza besh ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi; ma’lumotlar to‘liq taqdim etilgan taqdirda, vakolatli organ qarori bilan sport tashkiloti reestrga kiritiladi;
🔹 taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlansa, vakolatli organ uch ish kuni ichida rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
🔹 sport tashkiloti quyidagilar asosida reestrdan chiqariladi: o‘z ixtiyori bilan murojaat qilishi; reestrga kiritilgandan so‘ng uch oy ichida sportchilar va trenerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilmaganligi; shtatida malakali trener yo‘qligi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyatining tugatilishi.
📝 Bundan tashqari:
🏟 sport inshootlari reestri ham yuritiladi: inshoot mulkdori (balansda saqlovchisi) axborot tizimi orqali ariza beradi; ariza besh ish kuni ichida o‘zgartirish kiritiladi;
🚫 sport inshooti faoliyat turi sport sohasidan boshqa faoliyatga o‘zgartirilganda, foydalanishga yaroqsiz deb topilganda yoki mulkdor ariza berganda reestrdan chiqariladi;
🔰 reestrga kiritilmagan sport inshootlarida rasmiy sport musobaqalari o‘tkazilmaydi.
📌 Qarorning 1-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ–221-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida sport tashkilotlari sportchilariga rasmiy musobaqalarda ishtirok etish huquqi beriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
14 октября 2026 г. 7:00
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Issiqxona xo‘jaliklariga soliq va subsidiya imtiyozlari beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilg‘or “yashil” texnologiyalar asosida issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ–371-son, 13.10.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar va subsidiyalar nazarda tutildi:
🔹 qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi nol foiz etib belgilandi;
🔹 qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari uchun o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi nol foiz etib belgilandi;
🔹 issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan issiqxona xo‘jaliklari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 2026 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvargacha 1 foiz etib belgilandi.
💰 2027 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha issiqxona faoliyatidan daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulkka solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
✅ 2026 yil 1 noyabrdan 2030 yil 1 aprelgacha issiqlik energiyasini tejovchi maxsus qoplanma “ko‘rpa” bilan qoplangan va (yoki) energiya samarador “yashil” isitish vositalaridan (issiqlik nasoslari, geotermal isitish tizimlari, quyosh issiqlik tizimlari, elektr energiyasi asosidagi yuqori samarali isitish tizimlari) foydalanayotgan issiqxona xo‘jaliklariga oktyabr–mart oylarida iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
🏡 Energiya samaradorligi milliy agentligi 2030 yil 1 yanvarga qadar Toshkent viloyatining Toshkent, Zangiota, Qibray, Yangiyo‘l va Yuqori Chirchiq tumanlarida aholi tomorqalaridagi issiqxonalarni isitish uchun quyosh panellari, issiqlik nasoslari, infraqizil isitish moslamalari va boshqa energiya tejamkor uskunalarni xarid qilish hamda o‘rnatish xarajatlarining 40 foizi, biroq 100 million so‘mdan oshmagan miqdorda bir martalik subsidiya ajratadi.
🏧 Kambag‘allikni qisqartirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyatining issiqxonachilikka ixtisoslashgan 50 ta mahallada har bir oilaga 200 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
🏦 Markaziy bank oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida tajriba tariqasida tomorqa va dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlariga ega jismoniy shaxslarga imtiyozli kreditlar ajratadi: “yashil” texnologiyalarga asoslangan issiqxona barpo etish uchun 300 million so‘mgacha, mavjud issiqxonalarni qayta jihozlash uchun 150 million so‘mgacha.
🏛 Adliya va Ijtimoiy himoya milliy agentligi issiqxonalarni tashkil etish va ijtimoiy daftarlar bo‘yicha subsidiya ajratishda mas’ul hisoblanadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
14 октября 2026 г. 5:53
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Transport-logistika markazlari va quruqlik portlari tarmog‘i kengaytiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Transport-logistika tizimini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori (PQ–368-son, 12.10.2026 y.) qabul qilindi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2026–2030-yillarda transport-logistika tizimini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi. Jumladan:
🔹 transport-logistika markazlarining yillik quvvati kamida 40 mln tonnaga yetkaziladi;
🔹 transport va logistika xizmatlari eksporti 3,5 mlrd AQSH dollariga, respublika hududi orqali tranzit yuk tashish hajmi 18,5 mln tonnaga yetkaziladi;
🔹 respublikadagi barcha talablarga javob beruvchi xalqaro quruqlik portlari soni hozirgi 24 tadan 30 taga yetkaziladi;
🔹 Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarining yuk tashish qobiliyati va transport-logistika markazlarida konteynerlarga ishlov berish quvvati ikki barobarga oshiriladi.
🏛 Andijon viloyatining Xonobod shahri, Buxoro viloyatining Olot tumani, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hamda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Ohangaron tumanlari transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi;
💻 transport-logistika markazlarida terminallarni boshqarish (TOS) va omborni boshqarish (WMS) tizimlari joriy etiladi hamda ular 2030-yil oxirigacha Transport vazirligining "E-logistika" platformasiga ulanadi;
💰 2040-yilgacha transport-logistika markazlari yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan to‘liq ozod qilinadi (buning uchun markaz ESKATO quruqlik portlari to‘g‘risidagi bitimga kiritilgan, tizimlarni joriy etgan va "E-logistika" platformasida "BB" va undan yuqori reytingga ega bo‘lishi shart);
🆓 Transport-logistika markazlari reestriga kiritilgan markazlar uchun 2029-yil 1-avgustgacha ishlab chiqarilmaydigan omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar va extiyot qismlar bojxona bojidan va majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi;
✅ 2026-yil 1-noyabrdan xalqaro kurerlik jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun amaldagi bojxona yig‘imi stavkasi 20 foizga pasaytiriladi;
📌 Qarorga ko‘ra, 2027-yil 31-dekabrgacha M₂, M₃, N toifadagi transport vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlarni bojxona boji to‘lashsiz import qilishi mumkin.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
13 октября 2026 г. 13:44
🎬Видео
💳 Endi kartangizdan kreditingizni yechib ololmaydi!
2027-yil 10-yanvardan banklar qarzdorlikni undirishda kartangizda kamida 680 ming so‘m saqlab qolishi shart!
🔝Bu yangilikni yaqinlaringizga ulashing
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin