30 сентября 2026 г. 8:02
🎬Видео
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🎙HUQUQ MAKTABI PODCAST
❓ Qarindoshlik tushunchasi bilan huquqiy munosabatlar o‘rtasida qanday farq bor? Qarindoshlikning huquqiy ahamiyati nimada? Amaliyotda ushbu masala bilan bog‘liq qanday holatlar uchraydi?
📹Huquq maktabining navbatdagi podcast sonida Fuqarolik huquqi sho‘basi o‘qituvchisi Munisxon Usmonova bilan “Qarindoshlik va huquq o‘rtasidagi tafovut” mavzusi muhokama qilindi.
📌Podcast davomida:
➖ Qarindoshlik tushunchasi va uning huquqiy ahamiyati;
➖ Qarindoshlik va huquqiy munosabatlar o‘rtasidagi farqlar;
➖ Qarindoshlikning fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi o‘rni;
➖ Amaliyotda uchraydigan qarindoshlik bilan bog‘liq huquqiy holatlar;
➖ Fuqarolarning mazkur masaladagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil so‘z yuritildi.
🎤 Mavzuga oid foydali ma’lumotlarni podcastimiz orqali tomosha qiling va huquqiy bilimlaringizni oshiring.
📹 To‘liq podcastni YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling.
😎Telegram|😎Instagram|😎YouTube
3 июня 2026 г. 13:07
🎬Видео
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🎙 HUQUQ MAKTABI PODCAST
Nikoh qachon haqiqiy emas deb topiladi? Bunday holatda qanday huquqiy oqibatlar yuzaga keladi? Amaliyotda eng ko‘p uchraydigan holatlar qaysilar?
📹 Huquq maktabining navbatdagi podcast sonida Fuqarolik huquqi sho‘basi o‘qituvchisi Munisxon Usmonova bilan "Nikohni haqiqiy emas deb topish" mavzusi muhokama qilindi.
📌 Podcast davomida:
➖ Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari;
➖ Sud amaliyotida uchraydigan holatlar;
➖ Nikohning haqiqiy emas deb topilishining huquqiy oqibatlari;
➖ Fuqarolarning mazkur masaladagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil so‘z yuritildi.
🎤 Mavzuga oid foydali ma'lumotlarni podcastimiz orqali tomosha qiling va huquqiy bilimlaringizni oshiring.
⭕️ To‘liq podcastni YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling.
😎Telegram|😎Instagram|😎YouTube
29 мая 2026 г. 11:20
📚 Sizlar uchun ajoyib imkoniyat!
5-iyundan 30-iyunga qadar huquqshunoslik fanlariga oid 35 ta qonunchilik hujjatlari bo‘yicha maxsus ONLINE kurslar tashkil etilmoqda.
👨🏫 Darslarni Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.
✅ Kurs davomida:
eng muhim qonunchilik hujjatlari tahlil qilinadi;
huquqiy mavzular sodda va tushunarli tarzda yoritiladi;
amaliy misollar, savol-javoblar va testlar tashkil etiladi.
🎯 Ushbu kurslar abituriyentlar, o‘qituvchilar hamda huquq sohasiga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
📅 29-may kuni maxsus webinar bo‘lib o‘tadi!
Unda kurslar haqida batafsil ma’lumot olishingiz, o‘quv jarayoni va mavzular bilan yaqindan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.
📲 29-may kuni webinarimizga qo‘shiling va kurslar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling!
https://t.me/+s2VFvRpbAuJhZmE6
20 мая 2026 г. 15:03
#QiziqFaktlar
💼 Ishga kirganda qo‘yiladigan sinov muddati odatda 3 oydan oshmasligi kerak.
🏢 Ammo tashkilot rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, bosh buxgalter va bo‘lim rahbarlari uchun bu muddat 6 oygacha belgilanishi mumkin.
🏥 Xodim kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabab bilan ishda bo‘lmagan kunlar esa sinov muddatiga kiritilmaydi.
❗️ Ya’ni, ishda bo‘lmagan vaqt sinov muddatini “to‘xtatib turadi”.
😎Telegram|😎Instagram|😎YouTube
6 мая 2026 г. 16:00
#HuquqTarixi
🏛 Rim qonunlarini aslida kimlar yozgan? Qadimgi yuristlar siri!
Bilasizmi, butun dunyo huquqi poydevorini faqatgina imperatorlar emas, asosan yuksak intellekt egasi bo'lgan amaliyotchi yuristlar (mil. avv. 17 – milodiy 235-yillar) yaratgan. Keling, ular haqidagi barcha muhim faktlar bilan tanishamiz:
⚖️ Dindan ajralish va ilk yuristlar
Mil. avv. 254-yilda plebeylar pontifiki Tiberiy Korukaniya xalqqa ochiq va bepul maslahatlar bera boshladi. Shu bilan huquq diniy kohinlar qo'lidan chiqib, dunyoviy tus oldi. Respublika davrida Eliy Peta Kata, Mark Maniliy, Alfen Var, Muciy Ssevolalar, Serviy Sulpisiy va Ruf kabi suvoriy yuristlar sudlarda faol ishtirok etgan.
✅ "Oltin asr" (II asr) va raqobatchi maktablar
Bu davrda ikkita yirik maktab paydo bo'ldi:
➡️ Prokulyanlar – asoschisi respublikachi-novator Labeon.
➡️ Sabinyanlar – asoschisi Kapiton (ilk sharhlovchi esa Sabin).
📝 Imperator Avgust islohoti va "Jus respondendi"
Avgust yuristlarga yuqori maosh berib, davlat ishlariga (shahar boshlig'i, pretoriya prefekti) jalb qildi. Eng muhimi, tanlangan yuristlarga imperator nomidan rasmiy, muhrlangan javob berish – "jus respondendi" huquqini taqdim etdi. Ular chiqargan qarorlar maxsus jurnallarga yozib borilgan.
📚 Kitoblar, raqamlar va daholar:
Qadimgi huquqshunoslar ulkan asarlar yaratishgan:
➡️ Sabin 3 ta, Florentin 12 ta kitob yozgan.
➡️ "Digesta" (tizimlashgan asarlar): Yulian – 90 ta, Ssevola – 40 ta, Sels – 39 ta, Marsella – 31 ta kitob yaratgan.
➡️ Mashhur Papinian – 37 kitob va 19 ta "Responsa", shogirdi Modestin ham 19 ta asar yozgan.
➡️ Sirli daho Gay (Gaius): 143-yilda u huquqni 3 qismga (shaxslar, ashyolar, da'volar) bo'lib, "Institutsiyalar" darsligini yozdi. Uning asl ism-sharifi, qayerda tug'ilgani noma'lum, ammo asari Rim, Bayrut va Konstantinopolda asosiy darslik bo'lgan!
🏛 Davlat tepasidagi yuristlar
III asrga kelib yuristlarning mavqeyi shu qadar oshdiki, imperator Septimiy Sever buyuk Papinianni, Aleksandr Sever esa mashhur Ulpianni (va uning yordamchisi Pavelni) pretoriya prefekti (imperator o'rinbosari) lavozimiga tayinlagan.
🪶 426-yildagi g'ayrioddiy qonun:
Vaqt o'tib yuristlar kamaygach, sudlarda faqat 5 ta buyuk yuristning asarigagina rasmiy huquqiy kuch berildi:
🥇 Papinian, Pavel, Ulpian, Gay va Modestin.
(Ssevola, Sabin, Yulian kabi boshqalarning fikri shu bešovlonga zid bo'lmasagina inobatga olingan).
👉 Oltin qoida: Sudda ularning fikri turlicha bo'lsa, ko'pchilikning fikri olingan. Ovozlar teng kelsa, doim Papinianning fikri g'olib bo'lgan! Agar Papinian bu masalada jim bo'lsa, sudyaning o'zi mustaqil qaror chiqargan.
💡 Ko'rib turganingizdek, Rim qonunlari o'z davrining eng yetuk amaliyotchilari tomonidan yaratilgan.
💡 Umumiy Xulosa: qadimgi Rim yuristlari oddiygina qonun sharhlovchilari emas, balki butun boshli huquq sohalarining rivojlanishiga zamin yaratgan chinakam "huquq ijodkorlari" bo'lganlar. Ular huquqni diniy marosimlardan va kohinlar (pontifiklar) monopoliyasidan ajratib olib, uni haqiqiy xalqchil, dunyoviy va mukammal fanga aylantirdilar.
Vaqt o'tishi bilan, xususan mutlaq monarxiya davriga kelib (imperatorlar to'la hokimiyatni o'z qo'liga olgach), yuristlarning erkin qonun yaratish hamda maslahat berish vakolatlari zaiflashib borib, asosan qonunlarni sharhlash bilangina cheklanib qoldilar.
Ammo, ularning o'z davrida yaratgan aql bovar qilmas asarlari (Digestlar, Institutsiyalar) va ishlagan nafis yuridik texnikasi yo'qolib ketmadi,. Aksincha, bu bebaho meros Yustinian kodifikatsiyasi orqali butun jahon huquqi uchun saqlanib qoldi va bugungi zamonaviy yurisprudensiyaning oltin poydevoriga aylandi.
😎Telegram|😎Instagram|😎YouTube