Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

"HUDUDGAZ NAMANGAN" gaz ta'minoti filiali

⏳ На проверке
@hududgaz_namangan
Вступить в канал
2542подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
"Hududgaz Namangan" GTF Namangan shahar, A.Navoiy ko‘chasi 39 uy Ijtimoiy tarmoqlar: https://t.me/hududgaz_namangan https://www.instagram.com/hududgaz.namangan
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🔴Energiya tariflaridagi o‘zgarishlar va aholini qo‘llab-quvvatlash choralari muhokama qilindi ❗️Energiya tariflarini isloh qilish bilan birga aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va gazlashmagan hududlarda elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar taklif etilmoqda. ⚡️ Elektr energiyasi: yangi me’yor va tejamkorlik Tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasining oylik bazaviy me’yorini 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshirish taklif qilinmoqda. Bunda 201–350 kVt·soat oralig‘idagi iste’mol amaldagi 900 so‘m o‘rniga 650 so‘mdan hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, oyiga 300 kVt·soat elektr energiyasi ishlatadigan xonadon 25 ming so‘m, 350 kVt·soat iste’mol qiladigan xonadon esa 37,5 ming so‘m tejashi mumkin. Yangi me’yor gazlashmagan hududlardagi abonentlarning qariyb 80 foizini qamrab olishi kutilmoqda. ♨️Issiqlik va issiq suv tariflari Aholi uchun isitish va issiq suv tariflarini 2026-yil 1-noyabrdan respublika bo‘yicha 30 foizga oshirish taklif etilmoqda. Tariflar o‘zgarganidan keyin ham xizmatlar tannarxi bilan ular o‘rtasidagi farq qariyb to‘rt baravar bo‘lib qolishi kutilmoqda. 💰Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam 2026/2027-yilgi isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratish rejalashtirilgan. Yordam Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardan tashqari, belgilangan daromad mezonlariga mos boshqa oilalarni ham qamrab olishi mumkin. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 million 17 mingdan ortiq xonadonni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. 🔷Kommunal to‘lovlar uchun kompensatsiya Elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bazaviy me’yordan oshganda beriladigan kompensatsiya muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Daromad mezonini kengaytirish orqali qo‘shimcha 166 ming oilani qo‘llab-quvvatlash, 470 ming oilaga esa yordamni yana bir yil davomida davom ettirish rejalashtirilgan. 🔷 Suyultirilgan gaz uchun kompensatsiya Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga oyiga 20 kilogrammgacha suyultirilgan gazning har bir kilogrammi uchun 3 ming so‘mdan kompensatsiya to‘lash taklif etilmoqda. Natijada belgilangan me’yor doirasida ushbu oilalar uchun gazning amaldagi xarajati 2 ming so‘m/kg darajasida saqlanishi ko‘zda tutilgan. 🏡 Uylarni energiya tejamkor qilish uchun 240 mlrd so‘m ajratiladi «Og‘ir» toifadagi mahallalarda davlat ta’minotidagi oilalarning 3 mingta xonadonini issiqlikni saqlovchi materiallar bilan izolyasiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshiklar, quyosh panellari hamda geliokollektorlar o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu maqsadlar uchun 240 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan. 🔷Ko‘mir, yoqilg‘i va kommunal to‘lovlar uchun yordam Yoqilg‘i va kommunal xarajatlarni qoplash bo‘yicha yordam oluvchilar doirasini kengaytirish taklif etilmoqda. Bunda Ijtimoiy reyestrdagi oilalardan tashqari, belgilangan daromad mezonlariga mos keladigan oilalar ham qamrab olinishi mumkin. «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi orqali kommunal xarajatlarni qoplash uchun BHMning 1 baravarigacha, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikni qoplash uchun 5 baravarigacha yordam ko‘rsatish mexanizmlari mavjud. Ko‘mir va boshqa yoqilg‘i xarajatlari uchun BHMning 2 baravarigacha, gazlashmagan hududlarda esa 3 baravarigacha yordam berilishi mumkin. 〰️〰️〰️〰️〰️ OAV uchun Kontent tayyorlash markazida Energetika vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, “Issiqlikta’minoti” AJ hamda “Hududgazta’minot” AJ mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida energiya tariflari islohotlari va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. ————— Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт. 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
🖼Фото
Prezident Shavkat Mirziyoyev yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, suv taʼminotini yaxshilash hamda ulardan samarali foydalanish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по предотвращению деградации, улучшению водоснабжения и эффективному использованию пастбищ. #Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #yaylovlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🖼Фото
#Hududgaz_Namangan 📚 📚 📚 📚 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz! “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tizimi xodimlari o‘rtasida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan “Diqqat, umummilliy diktant!” tanlovi e’lon qilinadi. ✍️ Ishtirokchilar ona tilimizning jozibasi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin. 📆Qabulning so‘nggi kuni: 15-oktabr. 🏆 G‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlanadi! Ona tilini qadrlash — millatni qadrlashdir. Keling, ona tilimizga bo‘lgan hurmatimizni so‘z va ijod orqali namoyon etaylik! 🔥 "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz
🎬Видео
#Suyultirilgan_gaz #Hududgaz_Namangan 🎺 🎺 🎺 🎺 Suyultirilgan gaz - xonadoningizga qanday yetib kelishini bilasizmi?! 😀 Batafsil quyidagi videorolikda 🔥 "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati 💬Facebook |👉Telegram |▶️ YouTube |📷Instagram |📱 X |🌐 hududgaz.uz

Профиль

Продвижение