Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

"Buxgalteriya hisobi" fakulteti

⏳ На проверке
@hisob_fakulteti
Вступить в канал
2311подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
07.10.2026добавлен
"Buxgalteriya hisobi fakulteti"ning rasmiy telegram kanali Bizni Instagramda ham kuzatib boring: https://www.instagram.com/tdiu_bhaf?utm_source=qr&igsh=eTB0a296eXM3Mm11 Murojaat uchun https://t.me/buxhisob_murojaat_bot
📚 Образование🌐 Индонезийский📍 Международный🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
#HisobiFakulteti Buxgalteriya hisobi fakulteti talabalari "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasi tarkibidagi "Millat fidoiylari" hiyoboni hamda "Shon-sharaf muzeyi"ga tashrif buyurdi Tyutorlar faoliyasini muvofiqlashtirish va talabalar bilan manzilli ishlash bo'limi tyutori A.Raximov boshchiligida fakultet talabalari "G'alaba bog'i" yodgorlik majmuasi tarkibidagi "Millat fidoiylari" hiyoboniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar hiyobon hamda muzey ekspozitsiyalari, ko‘rgazma zallari va tarixiy manbalar bilan tanishdilar. Ularga Vatan ozodligi va xalq manfaati yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning hayot yo‘li, jasorati va ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi Mazkur tashrif yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik va yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni albatta Kuzatib boring! 👉🏻👉🏻Sahifalar Telegram | Instagram | YouTube
🎬Видео
🟦🟦🟦 “Zakovat” arenasida TDIU bilimdonlari jam bo‘ldi! ☑️ TDIU Zakovat klubi “Talabalar ligasi”ning yangi kuz-qish mavsumi saralash o‘yinlari “Zakovat” arenada bo‘lib o‘tdi. Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🖼Фото
🟦🟦🟦 🟦🟦 Diniy savollaringizga javob, xavfsizlikka oid ma’lumotlar — bir botda! ☑️ “Mezon” loyihasining “Xavfsiz bot” Telegram boti orqali diniy masalalar bo‘yicha ma’lumot va tavsiyalar olish, taqiqlangan profil va kanallar, shaxs hamda tashkilotlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. 📌 Botda quyidagi bo‘limlar mavjud: - Diniy savollarga javob; - Taqiqlangan profillar, shaxs va tashkilotlar; - Umra va Haj safarlari bo‘yicha ma’lumotlar; - Huquqiy va diniy manbalarga havolalar; - Savol, taklif va murojaat yuborish; - Admin bilan aloqa. 📲 Kerakli bo‘limni tanlang va savolingizga javob izlang: @dinuzbbot Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling: 💬Telegram 📹Instagram
🎬Видео
#DebateClub #HisobFakulteti ⚔️ FIKRLAR JANGI — BAHSLAR VA MUNOZARALAR MAYDONI! 🔥 Buxgalteriya hisobi fakulteti hamda TDIU Debate Club hamkorligida “Fikrlar jangi” bahs-munozara musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada talabalar o‘z fikrlarini dalillar asosida himoya qilib, mantiqiy fikrlash, notiqlik va jamoaviy ishlash mahoratlarini namoyon etdilar. 🧠🔥 Qizg‘in bahslar, keskin munozaralar va kuchli argumentlarga boy bellashuv ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi! Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni albatta Kuzatib boring! 👉🏻👉🏻Sahifalar Telegram | Instagram | YouTube
🖼Фото
Hurmatli Professor Teshabayev To‘lqin Zakirovich!  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jamoasi hamda ko‘p ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizning oliygohimiz ravnaqi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi ko‘p yillik fidoyi, samarali va sermahsul rektorlik faoliyatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.  Siz nafaqat tajribali rahbar va bilimli olim, balki o‘zining samimiyligi, ochiqko‘ngilligi hamda har bir talaba-yoshga o‘z farzandidek g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladigan mehribon ustoz sifatida barchamizning qalbimizdan chuqur joy oldingiz.  Sizning rahbarligingiz davrida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub islohotlar va transformatsiya jarayonlari jadal amalga oshirilib, ta’lim tizimi mutlaqo yangi bosqichga olib chiqildi. Xususan, ta’lim sifati, ilmiy-innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik, infratuzilma hamda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlarida erishilgan salmoqli natijalar universitetimizning nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyo va xalqaro miqyosdagi nufuzini keskin oshirdi.  Ayniqsa, Sizning rahbarligingiz ostida universitet o‘z tarixida ilk bor dunyoning eng nufuzli THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo‘yicha TOP-700 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan joy oldi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning kuchli 3 talik va mamlakatimizning yetakchi 2 talik oliygohi sifatida e’tirof etildi. QS World University Rankings by Subject 2026 natijalariga ko‘ra, universitetimiz fan sohalari bo‘yicha ham dunyoning eng sara TOP-300 talik oliygohlari safiga kirdi. Universitetning ilmiy salohiyati 70 foizga yaqinlashdi hamda 7 ta ta’lim yo‘nalishi AQSH va Yevropaning nufuzli xalqaro tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi va munosib yashashi uchun 3 ta zamonaviy talabalar turar joyi, yangi o‘quv binosi va qator zamonaviy imkoniyatlar foydalanishga topshirildi. Sizning rahbarligingiz va fidoyiligingiz ostida erishilgan ushbu yutuqlar universitetimiz tarixiga oltin harflar bilan muhrlanadi. Fursatdan foydalanib Sizga doimiy sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy-pedagogik hamda rahbarlik faoliyatingizda yanada ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.  Universitetimiz talaba-yoshlari nomidan Sizga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchilik bildiramiz! 🇺🇿TDIU Yoshlar ittifoqi ✅Rasmiy sahifalarimiz 💬Telegram | 📹Instagram |📹YouTube | 📒Facebook

Профиль

Продвижение