4 октября 2026 г. 11:08
📢
438подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
⚖️ GENDER EQUALITY CLUB
🌐 Gender tengligi | Huquqiy xabardorlik | Imkoniyatlar
👩🏻💼 Bosh koordinator: Nematova Charosxon
📩 Bog‘lanish: @N_Charosxon @r_mushtariy_x
📸 Instagram: GENDEREQUALITYCLUB2025
📢 Biz bilan birga teng va adolatli jamiyat sari!
Последние публикации
4 октября 2026 г. 2:50
🖼Фото
💐 Tabrik | #tavallud_ayyom
Hurmatli Abdunabiyev Shohjahon!
Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 🎉 Ushbu quvonchli kunda Sizga, avvalo, mustahkam sog‘lik, xotirjamlik, oilaviy baxt va hayotingiz davomida doimo yaxshi insonlar davrasida bo‘lishingizni tilaymiz.
Har bir yangi kun Siz uchun yangi imkoniyatlar, unutilmas taassurotlar va chiroyli natijalarni olib kelsin. Ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlab, barcha ezgu niyatlaringizga erishib boring.
Faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, tashabbus va omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin. Kelajakdagi rejalaringiz katta yutuqlarga, mehnatlaringiz esa munosib natijalarga aylansin.
Bugungi kuningiz quvonchli xotiralarga boy bo‘lib, kelayotgan yoshingiz hayotingizdagi eng chiroyli va mazmunli davrlardan biriga aylansin!
2 октября 2026 г. 16:49
🖼Фото
📢📢📢📢📢📢📢📢📢📢📢
🌍GIRLS AROUND THE WORLD
In celebration of the International Day of the Girl, the Gender Equality Club, with the support of Women’s Council of University, is organizing a cultural event with the participation of TSUL female students and international female students 👨💻
🗓️ October 6
🏢 Student Dormitory No. 2
As part of the event, participants will work in groups to present the cultures and traditions of different countries and regions of Uzbekistan ❗️
🗒️ What can you present?
♥️Traditional clothing
♥️Traditional dishes and sweets
♥️Traditional dances
♥️Traditional music and songs
♥️Customs and traditions of a region or country
♥️Interesting historical and cultural facts
⚖️ TSUL female students can form groups and present the culture and traditions of their home region of Uzbekistan.
✈️International female students will present the culture and traditions of their respective countries.
⚠️To participate, group leaders should register through the following link:
Registration
🏆 Certificates of Active Participation will be awarded to participants.
✅The event will provide an opportunity for cultural exchange, teamwork, and discovering the traditions of different peoples and regions.
✨Let’s discover the diversity of cultures together!
Gender Equality Club 🌟
2 октября 2026 г. 16:48
🖼Фото
📢📢📢📢📢📢📢📢📢📢📢
🌍 GIRLS AROUND THE WORLD
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Xotin-qizlar kengashi koʻmagida Gender Equality Club TDYU talaba qizlari hamda xorijiy talaba qizlar ishtirokida madaniy tadbir tashkil etadi 👨💻
🗓️ Sana: 6-oktabr
🏢 Joy: 2-sonli talabalar turar joyi
Tadbir doirasida ishtirokchilar guruhlar shaklida turli mamlakatlar va O‘zbekiston hududlarining madaniyati hamda an’analarini namoyish etadilar ❗️
🗒️Nimalarni namoyish etish mumkin?
♥️Milliy liboslar
♥️Milliy taomlar va shirinliklar
♥️Milliy raqslar
♥️Milliy musiqa va qo‘shiqlar
♥️Hudud yoki mamlakatning urf-odatlari va an’analari
♥️Qiziqarli tarixiy va madaniy ma’lumotlar⚖️
TDYU talaba qizlari o‘zlari tug‘ilib-o‘sgan viloyat madaniyatini guruh bo‘lib namoyish etishlari mumkin.
✈️Xorijiy talaba qizlar esa o‘z mamlakatlari madaniyatini taqdim etadilar.
⚠️Ishtirok etish uchun guruh sardorlari quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: havola
🏆Tadbir yakunida ishtirokchilar faol ishtiroki uchun sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
✨Birga turli madaniyatlarni kashf etamiz!
Gender Equality Club 🌟
30 сентября 2026 г. 19:17
🖼Фото
🌷 1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
Aziz va qadrli ustozlar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan Gender Equality Club jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! 💐
Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki o‘zining ibrati, sabri va mehr-muhabbati bilan shogirdiga hayot yo‘lini ko‘rsatuvchi buyuk insondir.
Siz bergan har bir bilim, aytgan har bir nasihat va ko‘rsatgan har bir ezgu yo‘l shogirdlaringiz kelajagida o‘z aksini topadi. Ta’lim va tarbiya yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli mehnatingiz uchun cheksiz minnatdormiz.
✨ Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi va kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Shogirdlaringizning har bir yutug‘i Sizga faxr va quvonch olib kelsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Gender Equality Club jamoasi