21 октября 2026 г. 18:49
🖼Фото
Yangi o‘zbek alifbosiga oid qonun olti oydan so‘ng kuchga kiradi. Bu sanadan oldin berilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar o‘z kuchini saqlab qoladi. Davlat idoralari ramzlari, peshlavhalar va ko‘rsatkichlar yaroqsiz holga kelguncha yoki hukumat belgilaydigan muddatga qadar ishlatiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/21/new-alphabet/
Telegram | Instagram | YouTube
21 октября 2026 г. 17:18
🖼Фото
Samarqandda Bolalar saratoniga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro kongressda og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlovchi Global tarmoq tuzildi. Tarmoq birinchi xonimlar va davlat rahbarlarining turmush o‘rtoqlarini birlashtiradi. Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga tarmoq raisi etib saylandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/21/network/
Telegram | Instagram | YouTube
21 октября 2026 г. 16:42
🖼Фото
Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining uchinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy medallar sonini 89 taga yetkazdi. 21-oktabr kuni vakillarimiz 12 ta oltin, 9 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Pauerlifting bo‘yicha jahon rekordi yangilandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/21/third-day/
Telegram | Instagram | YouTube
21 октября 2026 г. 15:24
🖼Фото
“G‘azalkent” futbol klubi “Navbahor”ga qarshi O‘zbekiston Kubogi chorak finalida autizmli bolalar uchun maxsus ta’lim markazi tarbiyalanuvchilari yaratgan dizayn elementlari tushirilgan liboslarda maydonga tushadi. Ushbu liboslar sotuvidan tushgan mablag‘lar bolalar ta’lim markaziga yo‘naltiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/21/gazalkent-fc/
Telegram | Instagram | YouTube
21 октября 2026 г. 14:41
🖼Фото
Prezident O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabriklab, o‘zbek tilini rivojlantirishda ta’lim va adabiyot sifatini oshirish, til o‘rganayotganlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini bildirdi. U davlat idoralarini namuna bo‘lib, hujjatlar va murojaatlarga javoblar savodli va tushunarli yozilishi kerakligini aytdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/21/uzbek-language/
Telegram | Instagram | YouTube