14 октября 2026 г. 13:58
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
—
Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.
Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.
Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.
Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
14 октября 2026 г. 13:19
🖼Фото
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева отбыл с рабочим визитом в город Баку.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
13 октября 2026 г. 15:58
🎬Видео
Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak
Bugun “FIRST Global Challenge — 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi g‘oliblari va ularning murabbiylariga Prezidentimiz Farmoniga muvofiq davlat mukofotlarini topshirdik. Koreya Respublikasining Inchxon shahrida 190 mamlakat vakillari qatnashgan musobaqada jamoamiz g‘olib alyans tarkibida oltin medalni qo‘lga kiritib, eng ko‘p ball to‘plagani uchun xalqaro mukofotga ham sazovor bo‘ldi.
Farzandlarimiz olgan bilimini amalda qo‘llashi va o‘z g‘oyasini sinab ko‘rishi uchun sharoit yaratishimiz kerak. Har bir hududda robototexnika va muhandislikka qiziqqan bolalarning iqtidorini erta payqab, izlanishlariga ko‘maklashishimiz zarur. Ularning kelgusida ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan hamda insonlar hayotini yengillashtiradigan texnologiyalar yaratishiga ishonaman.
13 октября 2026 г. 11:32
🎬Видео
🎬 Erkinjon Turdimov yoshlar innovatsiyalari va startap loyihalari bilan tanishdi
Erkinjon Turdimov Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi hamda INNO innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki faoliyati bilan tanishdi.
Jarayonda yoshlarning istiqbolli startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni moliyalashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, texnoparkdagi zamonaviy laboratoriyalar va infratuzilma salohiyati o‘rganildi.
Yoshlarni ilm-fan va yuqori texnologiyalar sohasiga keng jalb etish, ularning ishlanmalarini amaliy natijaga aylantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
_____________
🎬 Эркинжон Турдимов ознакомился с молодежными инновациями и стартап-проектами
Эркинжон Турдимов посетил Офис поддержки инновационных инициатив молодежи и инновационный учебно-производственный технопарк INNO.
В ходе визита он изучил возможности финансирования и внедрения перспективных стартап-проектов, а также оценил потенциал современных лабораторий и инфраструктуры технопарка.
Особое внимание уделено широкому вовлечению молодежи в сферу науки и высоких технологий. Была подчеркнута важность доведения молодежных разработок до стадии реальных практических результатов и укрепления тесного партнерства между научным сообществом и производством.
13 октября 2026 г. 11:09
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni
—
Указ Президента Республики Узбекистан «О награждении победителей международного турнира по робототехнике и их тренеров»
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X