Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti |Rasmiy kanal

⏳ На проверке
@english_faculity
Вступить в канал
951подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Rasmiy telegram sahifasi.
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
“PILOT GROUP” SARALASH JARAYONIDAN VIDEOLAVHA Joriy yilning 30-sentabr kuni Ingliz tili va adabiyoti fakultetining 1-bosqich talabalari orasidan “Pilot Group”ni shakllantirish maqsadida saralash bosqichi o‘tkazildi. 😈Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi D.N.Satimova tashabbusi bilan tashkil etilgan saralashda talabalarning akademik salohiyati, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, tadqiqotga qiziqishi hamda innovatsion g‘oyalarni ilgari surish qobiliyati baholandi. 🎥 Saralash jarayonidan qisqacha videolavhani e’tiboringizga havola etamiz. 📢 Saralash natijalari tez orada e’lon qilinadi. 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook
🖼Фото
E’LON! Aziz izlanuvchan talaba-yoshlar! 👍 Andijon davlat chet tillari institutida buyuk ma’rifatparvarlar, jadidchilik harakati namoyondalari va qatag‘on qurbonlarining hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va yozma mulohazalar (esse) tanlovi e’lon qilinadi! ✅ O‘tmishini unutmagan, ajdodlar xotirasini e’zozlagan millatning kelajagi porloq bo‘ladi. Agar siz tarixiy haqiqatni tiklash, jadidlarning ilm-fan, ta’lim va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi ulkan xizmatlarini ilmiy asosda yoritishga qiziqsangiz, o‘z ijodiy va ilmiy salohiyatingizni sinab ko‘ring! I. ILMIY ISHLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 📝 Ilmiy maqola hajmi: 5–10 bet; 💼 Shrift va interval: Times New Roman, 14-shrift, 1,5 interval; 📍 Manbalar: Barcha havolalar aniq manbalar bilan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart; 📝 Originallik: Plagiat darajasi 20 foizdan oshmasligi hamda avval boshqa manbalarda nashr etilmagan bo‘lishi lozim. II. YOZMA MULOHAZA (ESSE) GA QO‘YILADIGAN TALABLAR 📝 Hajmi: 2–4 bet; ✍️ Mazmun: Muallifning mustaqil fikri asosida yozilishi, berilgan mavzudan chetga chiqilmasligi; ️ Til va uslub: Adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya qilinishi. III. HUJJATLARNI TAQDIM ETISH TARTIBI 📍 Tanlovga taqdim etiladigan materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida MS Word kompyuter dasturida tayyorlanib, ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart. 👨‍💻 Muhim shart: Ishlar 2 nusxada topshiriladi: 💠 1-nusxada muallifning o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatiladi. 💠 2-nusxada esa muallifning shaxsiga oid ma’lumotlar (o‘qish joyi, fakulteti, kursi, yo‘nalishi) ko‘rsatilmaydi (shifrlangan holda). ➡️ Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan va belgilangan tartib buzilgan ijodiy ishlar tanlovga qabul qilinmaydi. IV. BAHOLASH MEZONLARI ➡️ Taqdim etilgan ilmiy maqola va yozma mulohazalar Hakamlar hay’ati tomonidan 100 ballik tizimda quyidagi 5 ta mezon asosida baholanadi: ✔️ Mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 20 ball; ✔️ Mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi – 20 ball; ✔️ Mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi – 20 ball; ✔️ Tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi – 20 ball; ✔️ Ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi – 20 ball. ⚫️ Tanlov uchun materiallarni 05.10.2026-yil kuni soat 12:00ga qadar Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimiga topshiring! ​⚫️Bizni ushbu sahifada kuzating: ✅Telegram✅Instagram
🖼Фото
INSTITUTDA “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi birinchi saralash bosqichi sport musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda institut terma jamoalarini shakllantirishga qaratilgan. Mazkur bosqichda fakultetlar jamoalari stritbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika va mini-futbol sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar. Musobaqalar institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda sport klubi hamkorligida tashkil etilmoqda. Saralash natijalariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, olimpiadaning ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadilar. Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
🎬Видео
🚀 PILOT GROUP — SARALASH BOSQICHI Joriy yilning 30-sentabr kuni Xorijiy til va adabiyot fakulteti 1-bosqich talabalari orasidan Pilot Groupni shakllantirish maqsadida saralash bosqichi o‘tkazildi. Mazkur jarayon Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi D.N. Satimova tashabbusi bilan fakultet professor-o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etildi. 👨‍💻Saralash jarayonida talabalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, quyidagi kompetensiyalariga alohida e’tibor qaratildi: 🔹 tanqidiy fikrlash; 🔹 ijodiy fikrlash; 🔹 mustaqil fikrlash; 🔹 muloqot va o‘z fikrini aniq ifodalash qobiliyati; 🔹 akademik salohiyat va tadqiqotga qiziqish; 🔹 tashabbuskorlik va innovatsion yondashuv; 🔹 startap g‘oyasini shakllantirish va uni rivojlantirish qobiliyati. 🧑‍🎓 Pilot Group — bilim, izlanish, ijodkorlik va innovatsion g‘oyalarni birlashtiruvchi yangi imkoniyat!
🖼Фото
“PILOT GROUP”NI SHAKLLANTIRISH UCHUN SARALASH BOSQICHI O‘TKAZILDI Joriy yilning 30-sentabr kuni Andijon davlat chet tillari institutida fakultetning 1-bosqich talabalari orasidan “Pilot Group”ni shakllantirish maqsadida saralash bosqichi o‘tkazildi. Mazkur jarayon Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri D.N.Satimova tashabbusi bilan fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida tashkil etildi. Saralashning asosiy maqsadi akademik salohiyati yuqori, ilmiy izlanishga qiziqadigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga intiladigan hamda o‘z g‘oyalarini amaliy loyihalarga aylantirishga tayyor talabalarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. Jarayon davomida talabalar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikrlashi, muloqot qilish hamda o‘z fikrini aniq ifodalash qobiliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, nomzodlarning akademik salohiyati, tadqiqotga qiziqishi, tashabbuskorligi, innovatsion yondashuvi hamda startap g‘oyalarini shakllantirish va rivojlantirish ko‘nikmalari baholandi. “Pilot Group” tashabbusi talabalarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, ijodiy hamda ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli g‘oyalarini amaliy loyihalarga yo‘naltirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. 🌐Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: 1️⃣Telegram 2️⃣Instagram 3️⃣Facebook

Профиль

Продвижение