5 октября 2026 г. 16:24
🖼Фото
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim.
Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda.
Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim.
—
Сегодня я ознакомилась с работой Tашкентского архитектурно-строительного университета.
На данный момент здесь обучаются по четырём направлениям около 10 тысяч студентов. Вуз активно интегрирует цифровые решения в административные, образовательные и научные процессы, развивает дуальное обучение, коммерциализирует научные разработки и превращает свой кампус в пространство для внедрения устойчивых решений.
Города Узбекистана не смогут сами по себе стать современными и зелёными. Важно взращивать специалистов, способных мыслить нестандартно: архитекторов, проектировщиков, инженеров и других, которые будут создавать и внедрять экологически устойчивые архитектурные и инженерные решения.
5 октября 2026 г. 16:12
#Olimlar_minbari
#28.09-04.10.2026
«Инновации полного цикла: Подготовка кадров для фармацевтической отрасли объединяет образование, исследования и производственную практику» — Камал РИЗАЕВ, ректор Ташкентского фармацевтического института, профессор;
“Texnologik va iqtisodiy inqilob Andijonni innovatsiya diyoriga aylantirmoqda” — Baxtiyor RASULOV, Andijon davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Xomashyodan yuqori qo‘shilgan qiymatgacha yoxud yengil sanoatning tarixiy transformatsiyasi” — Baxtiyor NASIMOV, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining birinchi prorektori, professor;
“G‘amxo‘rlikka javoban astoydil mehnat qilamiz” — Qobiljon XUDOYBERDIYEV, Andijon davlat tibbiyot instituti travmatologiya va neyroxirurgiya kafedrasi mudiri, professor;
“Ezgulik sarchashmasiga aylangan alloma” — Bakridin ZARIPOV, O‘zbekiston Milliy universiteti professori;
«Шелководство: Время науки и инноваций» — Чоршанби БЕККАМОВ, профессор Ташкентского государственного аграрного университета;
«Инновационная экономическая формула развития» — Зумрат ГАИБНАЗАРОВА, профессор Ташкентского государственного экономического университета;
«Профессия, которая открывает путь в светлое будущее» — Барно АБДУЛЛАЕВА, профессор Национального педагогического университета Узбекистана имени Низами;
“Energetikada texnologik mustaqillik” — Ikromjon RAHMONOV, professor;
“Islohotlar qudrati – mahallada” — Muhriddin SODIRJONOV, Namangan davlat universiteti dotsenti, PhD;
«Долгосрочные вложения: Инвестиции в образование определяют устойчивый рост страны» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, и. о. доцента Ташкентского государственного экономического университета PhD;
“Bir mamlakat manfaati” — O‘rolboy XOLIQNAZAROV, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5 октября 2026 г. 14:07
🎬Видео
#Qonunchilik_yangiliklari
❗️ O‘qish davomida oylik olish, mehnat staji to‘plash, grant va ijara imtiyozlaridan foydalanishni xohlaysizmi? Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etishning yangi tartibi belgilandi
Prezidentning “Oliy ta’limda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 29-sentyabrdagi PF–209-son Farmoni qabul qilindi.
Batafsil videoda👆
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5 октября 2026 г. 12:14
🖼Фото
#KuzQishMavsumi
Talabalar xavfsizligi: profilaktikadan doimiy nazoratgacha
2026/2027-oʻquv yilining kuz-qish mavsumida taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va talabalarning yashash sharoitlarini nazorat qilishga qaratilgan profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda 5-oktyabr kuni oʻtkazilgan profilaktik uchrashuvda oliy taʼlim tizimi masʼullari, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, oliy taʼlim tashkilotlarining 1 600 nafardan ortiq yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari, masʼul dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, profilaktika inspektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Joriy yilning 29 sentyabr — 4 oktyabr kunlari 48 ta oliy taʼlim tashkiloti tomonidan 1 983 ta ijara xonadon oʻrganilib, 3 250 nafar talaba bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Yigʻilishda oʻrganishlar natijasi, berilgan tavsiyalarning bajarilishi va talabalar xavfsizligining keyingi holati doimiy nazoratda boʻlishiga eʼtibor qaratildi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/228272
👉 На руском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
5 октября 2026 г. 10:59
🖼Фото
#Nobel
2026-yilgi Nobel mukofoti: optogenetika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun
2026-yilgi Nobel mukofoti fiziologiya yoki tibbiyot yo‘nalishida Karl Deysserot, Peter Hegemann va Georg Nagelga berildi. Olimlar yorug‘lik yordamida boshqariladigan ion kanallari va optogenetika sohasidagi kashfiyotlari uchun taqdirlandi.
Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi. Bu usul miya faoliyati, xotira, harakat va turli nevrologik jarayonlarni o‘rganishda muhim ilmiy vositaga aylandi.
Optogenetika — hujayralar, xususan, neyronlar faoliyatini yorug‘lik yordamida boshqarish imkonini beruvchi usul. Texnologiya asab tizimining qanday ishlashini chuqurroq o‘rganish va ayrim kasalliklarning mexanizmlarini tadqiq etishda qo‘llanadi.
Nobel mukofotining rasmiy sayti: Nobel Prize
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram