2 октября 2026 г. 4:35
🎬Видео
Bizga bilim berib, kelajak sari yo‘l ko‘rsatayotgan aziz ustozlarimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz!
Ustoz va murabbiylar kuni muborak!
Telegram | Instagram
29 сентября 2026 г. 9:32
🎬Видео
Biz - “Mehribon yuristlar” jamoasi talabalarni qoʻllab quvvatlash hamda yaxshilik ulashish maqsadida oʻz faoliyatimizni boshlagan edik.
Endi esa ezgu maqsadlarimizni yangi nom ostida davom ettirishga qaror qildik.
“Mehribon yuristlar” jamoasi endi “DAVOM” nomi ostida oʻz maqsadlarida davom etadi.
Yaxshilik bir joyda toʻxtab qolmaydi, u davom etadi.
“DAVOM” talabalarni qoʻllab quvvatlash uchun birlashgan jamoa!
Telegram | Instagram
25 августа 2026 г. 10:00
🖼Фото
Haqqoniy yurist – halol yurist
🧑⚖️Qonunni yodlash mumkin. Moddalarni, bandlarni, sonlarni – barchasini xotirada saqlash mumkin. Ammo bu hali yurist degani emas.
🔥Haqiqiy yurist qonunni his qiladi. U har bir ish ortida inson turganini, har bir hujjat ortida taqdir yashiringanini tushunadi.
👮♂️Qonun – bu shunchaki qog'ozdagi so'zlar emas, balki adolat uchun berilgan qurol. Va bu qurolni faqat halol qo'l to'g'ri ishlata oladi.
⚠️ Halollik – bu mijoz ko'rmayotganda ham to'g'ri yo'l tanlash. Bu qonunni o'z manfaati uchun emas, adolat uchun ishlatish.
⚖️Chunki yurist – bu kasb emas, bu mas'uliyat.
Qonunni biladiganlar ko'p boʻlishi mumkin. Uni his qiladiganlar esa - aksincha kam.
"Adolat tarozida emas, vijdonda o'lchanadi."
Telegram | Instagram
14 августа 2026 г. 13:45
🖼Фото
📌 Mulk huquqi qanday vujudga keladi?
(Fuqarolik kodeksining 182-moddasi)
O‘zbekistonda shaxs qanday qilib mol-mulk yoki uy-joyga qonuniy egasiga aylanishi mumkin? Asosiy qadamlar va huquqiy asoslar qisqacha:
1.Mehnat faoliyati: Halol mehnat va olingan daromadlar evaziga.
2.Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati: Yangi mol-mulk yaratish, ko‘paytirish yoki oldi-sotdi, sovg‘a kabi bitimlar asosida.
3.Xususiylashtirish va meros: Davlat mulkini xususiylashtirish orqali yoki qonuniy merosxo‘rlik yo‘li bilan.
4.Boshqa qonuniy asoslar: Egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa usullar.
💡 Har qanday mulk qonuniy asosda va belgilangan tartibda qo‘lga kiritilishi lozim.
Telegram | Instagram
7 августа 2026 г. 7:59
🖼Фото
📌 Topilma bilan nima qilish kerak?
(Fuqarolik kodeksining 192-moddasi)
Yo‘qolgan buyumni topib olganda nima qilish kerakligini qonun qanday tartibga soladi? Qisqacha tushuntiramiz:
1. Egaga qaytarish shart: Ashyoni topgan shaxs darhol uni yo‘qotgan insonga yoki egasiga xabar berishi va qaytarishi shart.
2. Transport yoki binoda topilsa: Agar buyum bino yoki transportda topilsa, u o‘sha binoning yoki transport vositasining egasiga topshiriladi.
3.Egasi nomaʼlum bo‘lsa: Agar egasini topish imkoni bo‘lmasa, bu haqda ichki ishlar organlariga, tegishli davlat organlariga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga xabar berish lozim.
💡 Unutmang: Topilmani yashirish yoki o‘zlashtirish qonunga zid va javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Telegram | Instagram