5 октября 2026 г. 18:43
🎬Видео
Fransiyada yuqori sinf o‘quvchilarining noroziliklari 15 kundan beri davom etmoqda
Mingdan ortiq maktab yopilgan, ayrim shaharlarda namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan.
O‘quvchilar ta’limga ko‘proq mablag‘ ajratish, o‘qituvchilar yuklamasini kamaytirish va maktablarni ta’mirlashni talab qilmoqda. Taxminan 5 ming kishi hibsga olingan, o‘nlab odam og‘ir jarohatlangan. 15 yoshli o‘smir politsiya granatasi portlashi oqibatida qo‘lidan ayrilgan.
@daryo_live
5 октября 2026 г. 18:07
🖼Фото
Qo‘ng‘irotboy Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri edi.
E’zozaxon Karimova esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar maktabgacha va maktab ta’limi vaziri edi.
@daryo_live
5 октября 2026 г. 17:04
🖼Фото
Yaqin Sharqdan neft eksporti urushdan oldingi ko‘rsatkichlardan oshib ketdi
Kema harakatini kuzatuvchi Kpler kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqadan xom neft eksporti 24-sentyabrda va 27–29-sentyabr kunlari urushdan oldingi darajadan o‘zib ketgan. Bu davrda eksport miqdori kuniga 19,5 va 22,5 million barrelni tashkil etgan.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanishidan oldin — 2025-yil martdan 2026-yil fevral oyigacha eksport miqdori kuniga o‘rtacha 18 million barrelga teng edi.
Shunga qaramay, Hormuz bo‘g‘ozi va uning atrofida tankerlarga hujum qilish holatlari davom etmoqda.
@daryo_live
5 октября 2026 г. 16:26
🖼Фото
Saida Mirziyoyeva 5-oktyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi
Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda.
@daryo_live
5 октября 2026 г. 16:13
🎬Видео
O‘zbekistonda 2026-yilning 9 oyida moped va skuterlar ishtirokida YTHlarda 89 kishi vafot etdi
Hisobotda davrida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Ularda 488 kishi tan jarohat olgan.
@daryo_live