30 сентября 2026 г. 16:14
🖼Фото
Aziz ustozlar, muhtaram professor-o‘qituvchilar, qadrli murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ustozlik — insoniyat tarixida eng sharafli, eng mas’uliyatli va eng ulug‘ kasblardan biridir. Zero, jamiyatning ma’naviy qiyofasi, yosh avlodning bilim va tafakkuri, Vatanga sadoqati, kelajakka ishonchi, eng avvalo, fidoyi ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnati bilan shakllanadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim va ilm-fanning o‘rni tobora ortib bormoqda. Zamonaviy bilimlarni egallagan, xorijiy tillarni puxta biladigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli va raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashda siz, aziz ustozlarning hissangiz beqiyosdir.
Andijon davlat chet tillari institutining professor-o‘qituvchilari ham o‘zining bilim va tajribasi, ilmiy salohiyati, fidoyiligi hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlash, balki yosh avlod qalbida ilmga muhabbat, Vatanga daxldorlik va yuksak insoniy fazilatlarni qaror toptirish yo‘lida munosib xizmat qilib kelmoqda.
Ayniqsa, ustozning mehnati auditoriya bilan cheklanmaydi. Har bir talabaning yutug‘i, uning hayotda o‘z o‘rnini topishi, jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishishi ortida ustozning sabri, maslahati, e’tibori va mehr-muhabbati mujassam. Shu bois ustozga ko‘rsatilgan hurmat — ilmga, ma’rifatga va kelajakka ko‘rsatilgan hurmatdir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda institutimizning barcha professor-o‘qituvchilari, faxriy ustozlari, murabbiylari hamda butun umrini ta’lim-tarbiya va ilm-fan ravnaqiga bag‘ishlagan fidoyi insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, uzoq umr, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuq va zafarlar tilayman. Shogirdlaringizning kamoli, yutuqlari va ehtiromi doimo Sizga kuch-g‘ayrat va faxr bag‘ishlasin!
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori
✅ @d_roostamov
7 сентября 2026 г. 2:44
🖼Фото
Aziz talabalar, hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Bugun Andijon davlat chet tillari institutida yangi o‘quv yili boshlanmoqda. Ayniqsa, institutimiz ostonasidan ilk bor talaba sifatida kirib kelayotgan 1-kurs yoshlari uchun bu kun hayotdagi yangi va mas’uliyatli bosqichning boshlanishidir.
Qadrli birinchi bosqich talabalari, sizlarni talabalik safiga qo‘shilganingiz va yangi o‘quv yilini boshlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman. Oldingizda bilim olish, xorijiy tillarni puxta egallash, dunyoqarashingizni kengaytirish, o‘z iste’dod va salohiyatingizni namoyon etish uchun katta imkoniyatlar turibdi.
Talabalik yillari faqat auditoriyadagi mashg‘ulotlardan iborat emas. Bu — mustaqil fikrlashni o‘rganish, izlanish, yangi maqsadlarni belgilash, mas’uliyatni his etish va kelajak kasbiy hayotingiz uchun mustahkam poydevor yaratish davridir. Institutimizdagi har bir imkoniyatdan unumli foydalanishingizni istayman.
Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni mukammal biladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, milliy qadriyatlarimizga sodiq va keng dunyoqarashli yosh mutaxassislarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ishonamanki, siz kelajakda o‘z bilimingiz va salohiyatingiz bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shasiz.
Shu bilan birga, institutimizning barcha professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ham yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etaman. Yosh avlodga bilim va tarbiya berishdek sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda yangi ilmiy, pedagogik va ijodiy yutuqlar tilayman.
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi imkoniyatlar, ezgu tashabbuslar va katta muvaffaqiyatlar yili bo‘lsin.
Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori
✅ @d_roostamov
31 августа 2026 г. 8:16
🖼Фото
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🇺🇿
Aziz yurtdoshlar, qadrli ustozlar, muhtaram hamkasblar va aziz yoshlar!
Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan buyuk tarixiy ne’matdir. O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari, ilm-fan va ta’limga, ayniqsa, yosh avlodning kamolotiga qaratilayotgan yuksak e’tibor mustaqilligimizning hayotbaxsh kuchini yaqqol namoyon etmoqda.
Biz, ta’lim sohasi vakillari uchun mustaqillikning qadr-qimmati, avvalo, Vatan ravnaqi uchun mas’uliyatni his etadigan, zamonaviy bilim va xorijiy tillarni puxta egallagan, keng dunyoqarashli, milliy qadriyatlariga sodiq va xalqaro maydonda O‘zbekiston manfaatlarini munosib himoya qila oladigan yosh avlodni tarbiyalash imkoniyatida namoyon bo‘ladi. Zero, mamlakatimizning ertangi taraqqiyoti bugun ta’lim olayotgan yoshlarimizning bilimi, tafakkuri, vatanparvarligi va bunyodkorlik salohiyatiga chambarchas bog‘liq.
Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, xalqimizning farovonligi, farzandlarimizning katta orzu va maqsadlar bilan yashayotgani — mustaqillik bergan eng ulug‘ imkoniyatlardandir. Bu bebaho ne’matni asrash, uning mazmunini yangi yutuqlar bilan boyitish va kelajak avlodlarga yanada taraqqiy etgan Vatan qoldirish barchamizning sharafli burchimizdir.
Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayzu baraka, ezgu ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy, xalqimizning hamjihatligi va bunyodkorlik shijoati bardavom bo‘lsin!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi yanada yuksalaversin!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori
✅ @d_roostamov
10 июля 2026 г. 8:01
🖼Фото
🎓 Aziz bitiruvchilar!
Bugun Andijon davlat chet tillari instituti hayotida unutilmas, quvonchli va hayajonli kunlardan biri. Joriy yilda institutimizni jami 915 nafar talaba, jumladan, 874 nafar bakalavr hamda 41 nafar magistr muvaffaqiyatli tamomlamoqda.
Bitiruvchilarimiz erishgan natijalar barchamizga katta faxr va mamnuniyat bag‘ishlaydi. Xususan, bakalavriat bosqichini tamomlayotgan talabalarimizning bir qanchasi imtiyozli diplom sohibi bo‘lmoqda.
Shuningdek, bakalavr bitiruvchilarimizning deyarli barchasi xorijiy va milliy til sertifikatiga ega boʻlib, ularning 469 nafari C1 darajasini olgan. Magistratura bosqichini tamomlayotgan 41 nafar bitiruvchimizning barchasi C1 darajasidagi til sertifikatlariga ega holda institutni bitirmoqda. Bu ko‘rsatkichlar yoshlarimizning bilim olishga, xorijiy tillarni puxta egallashga va o‘z ustida muntazam ishlashga bo‘lgan yuksak intilishining amaliy natijasidir.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, institutimiz bitiruvchilari ikkita til va bitta hunarni egallagan, zamonaviy bilim, malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar sifatida katta hayot sari qadam qo‘ymoqda.
Aziz bitiruvchilar!
Bugun qo‘lingizga olayotgan diplomingiz ta’lim yo‘lingizning yakuni emas, balki hayotingizdagi yangi va mas’uliyatli bosqichning boshlanishidir. Institutimizda olgan bilimlaringiz, o‘rgangan xorijiy tillaringiz, egallagan kasb-hunar va amaliy ko‘nikmalaringiz kelgusidagi faoliyatingizda sizlarga mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Qayerda va qanday lavozimda faoliyat yuritishingizdan qat’i nazar, Vatanimizga sadoqatli, halol, tashabbuskor va mas’uliyatli bo‘ling. Doimo izlaning, o‘z ustingizda ishlang, bilim va malakangizni oshirishdan to‘xtamang.
Ishonamanki, sizlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan, mamlakatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda munosib namoyon etadigan, bilimli va fidoyi mutaxassislar bo‘lib yetishasiz.
Barcha bitiruvchilarimizni, ularning ota-onalarini hamda ta’lim-tarbiyasiga munosib hissa qo‘shgan ustoz-murabbiylarni ushbu unutilmas kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bitiruv ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Oq yo‘l sizlarga, aziz bitiruvchilar!
Dilshodbek Rustamov,
Andijon davlat chet tillari instituti rektori
✅ @d_roostamov
30 июня 2026 г. 3:16
🖼Фото
Aziz yoshlar, qadrli talabalar!
Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Yoshlik — inson hayotining eng navqiron, serg‘ayrat, ulkan orzu va ezgu maqsadlarga boy davridir. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Yangi O‘zbekistonning kelajagi, avvalo, bilimli, tashabbuskor, vatanparvar va fidoyi yoshlar qo‘lidadir. Sizlarning har bir yutug‘ingiz, ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda erishayotgan muvaffaqiyatlaringiz yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.
Andijon davlat chet tillari institutida tahsil olayotgan yoshlar ham chet tillarini puxta egallab, xalqaro bilim va tajribalarni o‘zlashtirib, mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.
Aziz yoshlar!
Doimo izlanishdan, bilim olishdan, yangilik yaratishdan va yuksak marralarni zabt etishdan charchamang. Vaqtingizni qadrlang, o‘z oldingizga ulug‘ maqsadlar qo‘ying va ularga erishish yo‘lida qat’iyat bilan harakat qiling.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, o‘qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi g‘oyalar va yorqin kelajak tilayman.
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Dilshodbek Rustamov
Andijon davlat chet tillari instituti rektori
✅ @d_roostamov