Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Buxoro viloyati hokimligi

⏳ На проверке
@buxorouz_official
Вступить в канал
28668подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
Instagram: https://instagram.com/zaripovrasmiy Facebook: https://facebook.com/zaripovrasmiy Murojaat: @buxorouzmurojaatbot Veb-sayt: https://gov.uz/buxoro Manzil: Buxoro sh., Yangi Buxoro koʻchasi, 1. Bogʻlanish: (+998) 65-222-22-22.
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🎬Видео
#Kun_hikmati Odamlarning eng yaxshisi — boshqalarga ozgina bo'lsa ham foydasi tegadiganidir. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖼Фото
⚡️“Bukhara city”da 700 metr ichki avtomobil yo‘li asfaltlanmoqda “Bukhara city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar majmuasida yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda hududda qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, “Bukhara city” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazida ichki avtomobil yo‘llarini qurish loyihasi doirasida “Romitan trans yoʻl qurilish” MChJ tomonidan majmuaning 1 va 3-uchastkalarida jami 700 metr uzunlikdagi avtomobil yo‘llarini asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur yo‘llarning barpo etilishi majmua hududida transport vositalarining erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, avtomobillar oqimini tartibga solish hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda. Shuningdek, ichki yo‘l tarmog‘ining rivojlantirilishi hududdagi turar joylar, ishbilarmonlik va xizmat ko‘rsatish obyektlariga transport qatnovini yanada qulaylashtirish imkonini beradi. “Bukhara city”da amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi va obodonlashtirish ishlari majmuaning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, aholi va tadbirkorlar uchun qulay shahar muhitini yaratishga qaratilgan. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖼Фото
#qabul 🔵Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o’rinbosari Baxtiyor Adilov tomonidan viloyat Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. ➡️Qabulda fuqarolar yoshlar siyosati, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim va ijtimoiy masalalar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, shuningdek, sohaga oid boshqa masala va muammolari yuzasidan murojaat qildilar. 💬 Murojaatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. ✔️ Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
🖼Фото
😉 Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Buxoroda sayyor qabul o’tkazadi! Ertaga, 15-oktabr kuni Uzbekistan Airways aviakompaniya rahbariyati bilan navbatdagi sayyor qabul – ochiq muloqot o‘tkazadi. Bu sizni qiziqtirgan savollarni to‘g‘ridan to‘g‘ri berish va aviakompaniya faoliyati bilan bog‘liq takliflar bilan bo‘lishish imkoniyatidir. 📍 Uchrashuv manzili: Buxoro shahridagi Kasbiy ko’nikmalar markazi; 🕚 Vaqti: 11:00 da; Barcha xohlovchilarni ochiq muloqotda ishtirok etishga taklif etamiz! Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube

Профиль

Продвижение