Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

@buxorosport
Вступить в канал
5811подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
11.09.2026добавлен
Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉youtube.com/@buxorosport 👉instagram.com/buxoro.sport 👉facebook.com/buxsport Matbuot kotibi👇 @buxsportpressa
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото · 10 шт.
Buxoro tumanidagi umumta'lim maktablarida sport turlari bo’yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida "Maktab ligasi" sport musobaqalari o’tkazilmoqda. 9 ta sport turi hamda “Quvnoq startlar” musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube
🖼Фото · 8 шт.
Taekvondo markazidagi qurilish ishlari o’rganildi. Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosarlari B. Adilov va H. Davlatov Buxoro shahrida bunyod etilayotgan Taekvondo markazida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar. Tashrif davomida markazda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, obyektning zamonaviy talablarga muvofiq jihozlanishi hamda sportchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, markazni zamonaviy sport infratuzilmasi bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Taekvondo markazi kelgusida yosh sportchilarni tayyorlash, ularning mahoratini oshirish hamda viloyatda taekvondo sportini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube
🖼Фото · 3 шт.
🏆PESHKULIK SPORTCHI— O‘ZBEKISTON KUBOGI G‘OLIBI! Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha U-15 va U-17 yosh toifalarida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli musobaqada Peshku tumani 2-son sport maktabi o‘quvchisi Ismoilova Maftuna 53 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube
🖼Фото · 8 шт.
Buxoro shahar 12-maktabda "Besh tashabbus olimpiadasi"ning maktab ligasi bosqichi davom etmoqda. 🔷Jumladan bugun shaxmat bo'yicha bellashuvlar tashkil etildi. Qizg'in davom etgan bahslarda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar shahar bosqichida ishtirok etadi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube
🖼Фото · 3 шт.
✔️16-maktabda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning maktab bosqichi o‘tkazildi Vobkent tumanidagi 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarni sportga keng jalb etish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning maktab bosqichi doirasida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Профиль

Продвижение