14 октября 2026 г. 13:16
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
—
Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.
Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.
Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.
Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
12 октября 2026 г. 14:00
🎬Видео
#bolalar_uchun
#serial
🎬 “O‘G‘ILOY”: ovozlashtirish jarayoni qizgʻin kechmoqda!
💥 Demak, premyera yaqin!
📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱X
12 октября 2026 г. 13:01
🖼Фото
#bolalar_uchun
#serial
🎬 “O‘g‘iloy” seriali ovozlashtirish bosqichida!
▪️ O‘smir yoshdagi qizlar duch keladigan muammolar va ularning oqilona yechimlarini ta’sirchan aks ettiruvchi “O‘g‘iloy” serialining dublyaj (ovozlashtirish) jarayonlariga start berildi.
📌 Loyiha haqida
Ushbu serial qizlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni hayotiy qiyinchiliklarni qat'iyat va matonat bilan yengib o‘tishga chorlash, jamiyatda qizlarga nisbatan asossiz stereotiplarni parchalash kabi muhim g‘oyalarga qaratilgan.
E'tiborli jihati, serialning bosh qahramoni Markaz tomonidan tashkil etilgan “Dublyaj maktabi”da olgan saboqlarini aynan o‘z obrazini ovozlashtirish jarayonida amalda qo‘llamoqda.
🤝 Hamkor: Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
🎬 Studiya: “Fox music cinema”
🎥 Rejissyor: Umid Husanov
📹 Postanovkachi operator: Ravshan Niyozov
🎨 Postanovkachi rassom: Yahyo Bulturov
📌 Tez kunlarda ushbu ta’sirchan serial tomoshabinlarga taqdim etiladi!
📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱X
9 октября 2026 г. 14:00
🎬Видео
#bolalar_uchun
#badiiy_film
📣 "Ikkichi"da suratga olish boshlandi!
📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱X
9 октября 2026 г. 13:00
🖼Фото
#bolalar_uchun
#badiiy_film
📽 “Ikkichi” — zamonaviy ertak-filmining tasvirga olish ishlari boshlandi!
Mamlakatimizdagi ilk bor fentezi, sarguzasht janridagi zamonaviy ertak-film — “Ikkichi” filmining tasvirga olish ishlariga start berildi.
Filmda bolalar psixologiyasi, oʻz-oʻziga boʻlgan ishonchi, bilim olish istagi, hayoti va sogʻligʻiga bullingning salbiy taʼsiri koʻrsatiladi.
🎥 Film haqida
Studiya: “ILOOMINA MEDIA”
Ssenariy muallifilari: Farrux Egamberdiyev, Anvar Muhamedov
Postanovkachi-rejissyor: Nozim Jumayev
🤝 Hamkor: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
▪️ Bolalar kontentini rivojlantirish markazi ijodiy guruhga muvaffaqiyat tilaydi!
📱 Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📱X