Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Bekobod shahar hokimligi | Axborot xizmati|🇺🇿

⏳ На проверке
@bekobodshaharuz
Вступить в канал
11889подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Bekobod shahar hokimligining telegram kanali • fb.com/bekobodshaharhokimligi • instagram.com/bekobodshaharhokimligi • www.youtube.com/@bekobodshaharuz Murojaat uchun Telefon:(71) 514-73-71 Manzil: Bekobod shahar, G‘afur G‘ulom-1
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdim. Hozirgi kunda oliygohda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘n mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Universitet ma’muriy boshqaruv, o‘quv va ilmiy jarayonlarga raqamli texnologiyalarni faol joriy etmoqda. Dual ta’lim rivojlantirilib, ilmiy ishlanmalar tijorat loyihalariga, talabalar shaharchasi esa ilg‘or innovatsion yechimlar maydoniga aylantirilmoqda. Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim. — Сегодня я ознакомилась с работой Tашкентского архитектурно-строительного университета. На данный момент здесь обучаются по четырём направлениям около 10 тысяч студентов. Вуз активно интегрирует цифровые решения в административные, образовательные и научные процессы, развивает дуальное обучение, коммерциализирует научные разработки и превращает свой кампус в пространство для внедрения устойчивых решений. Города Узбекистана не смогут сами по себе стать современными и зелёными. Важно взращивать специалистов, способных мыслить нестандартно: архитекторов, проектировщиков, инженеров и других, которые будут создавать и внедрять экологически устойчивые архитектурные и инженерные решения.
🖼Фото
FARZAND XAVFSIZLIGI — BARCHAMIZNING MASʼULIYATI Bekobod shahridagi 12-umumiy o‘rta taʼlim maktabida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, zo‘ravonlikka qarshi kurashish hamda kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Bekobod shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Fayzulla Ismoilov, Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi vakili Rustam Sharipov hamda ota-onalar ishtirok etdi. Suhbat davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish hamda kiberjinoyatlardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi. Farzand tarbiyasi va xavfsizligida maktab va ota-ona hamkorligi muhim omil ekani taʼkidlandi. 🔔 Bizni kuzating👇 |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎬Видео
🏗 Turon ko‘chasi yangilanadi: bozor atrofida katta o‘zgarishlar boshlandi Bekobod savdo kompleksi yonidagi Turon ko‘chasi yangi qiyofa kasb etadi. Bugun shahar hokimi Narimonjon Ismailov boshchiligidagi ishchi guruh hududni joyida ko‘zdan kechirib, uni tartibga…
🖼Фото
🔥 XAVFSIZLIK — USTUVOR VAZIFA Bekobod shahrida “Isitish mavsumini xavfsiz boshlaylik” oyligi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, Toshkent viloyati favqulodda vaziyatlar bosh boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘lim boshlig‘i tomonidan Bekobod Savdo kompleksi va Dehqon bozori hududlarida yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, savdo do‘konlari masʼullariga evakuatsiya yo‘llarini ochiq saqlash, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 🔔 Bizni kuzating👇 |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🖼Фото
#ESLATMA Toza dudburon - xavfsiz hayot! — «Чистый дымоход — жизнь в безопасности!» 🔔 Bizni kuzating👇 |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Профиль

Продвижение