5 октября 2026 г. 14:49
🖼Фото
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о крупных проектах, реализуемых в нефтегазовой отрасли.
#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #neftgaz
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
5 октября 2026 г. 12:37
🎬Видео
«Умму Мухаммад» тахаллуси остида «Telegram» мессенжерида диний таълим ниқобида аёлларни «ҳижрат» қилишга чорлаб, хориждаги экстремистик ва террористик ташкилотлар сафига ёллаётган Меърожихон Абобакирова кабиларнинг алдов қурбонига айланиб қолманг!
5 октября 2026 г. 12:29
🖼Фото
‼️ DIQQAT! ICHIMLIK SUVI TA’MINOTIDA VAQTINCHALIK UZILISHLAR KUZATILADI
Tasdiqlangan reja-grafik asosida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda dastur doirasida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida Kurashxona suv tozalash va uzatish inshooti faoliyati 6-oktyabr soat 01:00 dan 7-oktyabr soat 23:00 ga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan Namangan shahri, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
🔹 Fuqarolardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
🔹 Iste’molchilardan mazkur vaqt oralig‘ini inobatga olgan holda kundalik ehtiyojlari uchun yetarli miqdorda ichimlik suvi zaxirasini yaratib qo‘yishlarini so‘raymiz.
Suv ta’minotida uzilish bo‘layotgan hududlar hamda ko‘p qavatli xonadonlarga maxsus avtotransportlarda ichimlik suvi yetkazib beriladi.
“Namangan suv ta’minoti” AJ Axborot xizmati
5 октября 2026 г. 9:54
🖼Фото
Наманганда аҳоли учун яна бир ҳамёнбоп гўшт маркази фаолиятини бошлади
Наманган шаҳрида аҳолига сифатли ва ҳамёнбоп гўшт маҳсулотларини етказиб беришга йўналтирилган навбатдаги хизмат кўрсатиш маскани — “Pokiza House” арзонлаштирилган гўшт маркази фаолиятини бошлади.
Марказнинг тантанали очилиш маросимида Наманган шаҳар ҳокимининг биринчи ўринбосари Дилмурод Умурзоқов, нуронийлар ҳамда кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этди. Тадбирда сўзга чиққан шаҳар ҳокимининг биринчи ўринбосари янги марказнинг ташкил этилишидан кўзланган асосий мақсад — аҳолини сифатли, ишончли ва ҳамёнбоп гўшт маҳсулотлари билан таъминлаш, савдо хизматлари кўламини кенгайтириш ва истеъмолчилар учун қулай шароит яратишдан иборат эканини таъкидлади.
Шунингдек, марказ фаолияти орқали аҳолига қулай нархларда гўшт маҳсулотларини таклиф этиш билан бирга, хизмат кўрсатиш маданиятини янада яхшилашга эътибор қаратилиши қайд этилди.
Нуронийлар иштирокида рамзий лента қирқилиб, “Pokiza House” гўшт марказида савдо жараёнларига расман старт берилди. Эндиликда шаҳарликлар учун сифат ва нарх уйғунлигини таъминлашга қаратилган яна бир қулай савдо маскани хизмат кўрсатади.
Наманган шаҳар ҳокимлиги Матбуот хизмати
______________
Namanganda aholi uchun yana bir hamyonbop go‘sht markazi faoliyatini boshladi
Namangan shahrida aholiga sifatli va hamyonbop go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishga yo‘naltirilgan navbatdagi xizmat ko‘rsatish maskani — “Pokiza House” arzonlashtirilgan go‘sht markazi faoliyatini boshladi.
Markazning tantanali ochilish marosimida Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Dilmurod Umurzaqov, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari yangi markazning tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholini sifatli, ishonchli va hamyonbop go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash, savdo xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va iste’molchilar uchun qulay sharoit yaratishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, markaz faoliyati orqali aholiga qulay narxlarda go‘sht mahsulotlarini taklif etish bilan birga, xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yaxshilashga e’tibor qaratilishi qayd etildi.
Nuroniylar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, “Pokiza House” go‘sht markazida savdo jarayonlariga rasman start berildi. Endilikda shaharliklar uchun sifat va narx uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan yana bir qulay savdo maskani xizmat ko‘rsatadi.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
5 октября 2026 г. 9:27
🖼Фото
Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga tabrik
—
Поздравление членам спортивной делегации Узбекистана – участникам ХХ летних Азиатских игр в Японии
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X