14 октября 2026 г. 13:42
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud holat va dolzarb masalalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlari bilan tanishdi.
Unda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari xususida so‘z bordi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda ta’lim mazmunini hayotiy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash hamda munosib rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish muhimligi qayd etildi.
Taqdimotlar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalarni aniq belgilash, ularning ijrosi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
14 октября 2026 г. 11:56
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
—
Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.
Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.
Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.
Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
14 октября 2026 г. 8:02
🎬Видео
#Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi
ASOSIY OLIMPIADA JARAYONIDA HARAKATLANISH HAQIDA HUJJATLI FILM!
⁉️ Olimpiada kuni qayerga borish kerak?
⁉️ O‘zingiz bilan qanday hujjatlar olib kelasiz?
⁉️ Savollar kitobi va javoblar varag‘i bilan qanday ishlaysiz?
⁉️ Sinov kompyuterda bo‘lsa, jarayon qanday kechadi?
✅ Ushbu videoda olimpiadaga kelishdan boshlab, ishni yakunlashgacha bo‘lgan jarayonlarni birma-bir tushuntiramiz.
✅ Barcha ishtirokchilarga omad yor boʻlsin!
Bizni kuzatib boring:
✅Veb-sayt ✅ Telegram
✅ Instagram ✅ Facebook
🔹 YouTube 🔹 Linkedin
14 октября 2026 г. 7:49
🎬Видео
#diqqat
#muhim_yangilik
#Xavfsiz_bot
#dinshunoslik_ekspertizasi
🔻 Diqqat, muhim yangilik!
🤖 “Xavfsiz bot”dan foydalanish imkoniyatlari kengaydi!
💻 Endilikda siz mazkur botning yangi tashkil etilgan APP dasturi orqali:
🇺🇿 o‘zingizga yaqin hududda joylashgan masjidlar;
☪️ qibla yo'nalishi va namoz vaqtlari;
📖 Qur’on va tajvid kurslari;
☪️ onlayn juma ma’ruzalari;
🔺 diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi turli videoroliklar;
🔸 maqolalar;
🔺savol-javoblar va shu kabilarni oson va qulay topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
📲 Ushbu dasturdan qanday foydalanish mumkinligini mazkur videorolik orqali ko'rishingiz mumkin.
🎥 Batafsil videorolikda
📹 HD formatda ko’rish uchun
🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
🌐Tg | 📷Insta| ✅ Fb | X | ▶️ Youtube
14 октября 2026 г. 7:49
🖼Фото
Internetdagi diniy axborotlarga aldanmang — ishonchli manbani tanlang!
“MEZON” platformasining @dinuzbbot — “Xavfsiz bot” xizmati orqali taqiqlangan kontent va shubhali profillarni tekshirish, diniy savollarga murojaat yuborish, ishonchli diniy-maʼrifiy maʼlumotlar hamda dolzarb yangiliklardan foydalanish mumkin.
Axborotni tekshiring, ishonchli manbalarga tayaning! — @dinuzbbot
Mezon Telegram | Mezon Instagram | Mezon YouTube | Mezon Bot
———
Интернетдаги диний ахборотларга алданманг — ишончли манбани танланг!
“MEZON” платформасининг @dinuzbbot — “Xavfsiz bot” хизмати орқали тақиқланган контент ва шубҳали профилларни текшириш, диний саволларга мурожаат юбориш, ишончли диний-маърифий маълумотлар ҳамда долзарб янгиликлардан фойдаланиш мумкин.
Ахборотни текширинг, ишончли манбаларга таянинг! — @dinuzbbot
Mezon Telegram | Mezon Instagram | Mezon YouTube | Mezon Bot