Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Alisher Sadullaev

⏳ На проверке
@alisher_sadullaev
Вступить в канал
236245подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
‼️ Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi. O‘sish sur’ati ancha yuqori. 2025-yili 17 261 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplangan bo‘lsa, 2026-yil yakunigacha 25 850 nafarlik marrani ko‘zlab turibmiz. Bir yilning o‘zida yana 8 589 nafar yosh. Bu, albatta, sezilarli sakrash. ❓Xo‘sh, imkoniyatdan kimlar ko‘proq foydalanyapti Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 317 nafar) tegishli. 14–17 yoshli 25 112 nafar yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Demak, jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Bu esa bolalar maktab davridayoq xalqaro sertifikatlar va xorijiy ta’lim imkoniyatlariga jiddiy tayyorlanayotganini bildiradi. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 503 nafar qiz va 35 599 nafar yigit foydalangan. ❓Qaysi yo‘nalishlarga talab yuqori IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 048 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT bo‘yicha ham raqamlar chakki emas: 9 082 nafar. Demak, yoshlarimiz mo‘ljalni tobora baland olyapti. Yana bir yaxshi tendensiya, tanlov kengaymoqda: koreys tilidan TOPIK, xitoy tilidan HSK, nemis tilidan TestDAF, Goethe-Zertifikat kabi xalqaro imtihonlar ham kompensatsiya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti. Qoraqalpog‘istonning shimolida bu imkoniyatga yetish uchun IELTS’dan 6 ball kifoya. Davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, 12 ta hududda doimiy yashovchi yoshlar IELTS’dan 6 va undan yuqori yoki TOEFL’dan 60 va undan yuqori ball olsa, imtihon xarajatlari qoplab beriladi. Bu raqamlarni ko‘rish, albatta, quvonarli. Bir necha yil oldin minglab yoshlar foydalangan imkoniyat bugun o‘n minglab yoshlarni qamrab olyapti. 74 mingdan oshdik. Sur’atni yanada oshirishimiz kerak, birgalikda oshiramiz! @alisher_sadullaev
🖼Фото
Qoyilmaqom! Loyihalarimizni tahlil qilayotib qiziq raqamlarga duch keldim. 2025-2026 yillar ichida yoshlarning chet tillarini o’rganish ko’rsatkichlarida katta sakrash bo’ldi. Qisqacha jadvalni rasmga olgandim. Tez orada batafsil yozaman. Qaysi raqamlar e’tiboringizni tortdi?
Bek va Lola bugun ham oilamizga quvonch ulashmoqda. Ayniqsa, farzandlarimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat, bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabat aks etgan sahnalar juda ta’sirli. Albatta, oilaviy tomosha qilishni tavsiya qilaman. https://youtu.be/oLP2GYWVCzo?feature=shared
🖼Фото
Hayotning har onida maslahatingizga quloq tutamiz, tajribangizga suyanamiz. Sizlarning mehringiz, sabringiz, fidoyiligingiz va yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Bayramingiz muborak! @alisher_sadullaev
🖼Фото
Bugun Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo oʻyinlarining yarim final uchrashuvi doirasida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. ➖O’yin Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi. Mazkur o’yin “Sport Tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi. ✊Omad yigitlar! @alisher_sadullaev

Профиль

Продвижение