14 октября 2026 г. 12:26
🎬Видео
"Yo'l qoidasi-umr foydasi"
🚸 Qarshi shahrida joylashgan 6-sonli maktabda o’quvchilar ishtirokida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
🔰 Tadbir davomida YHXB xodimlari tomonidan viloyatimizda maktab o’quvchilari tomonidan avtomashina boshqarib yurganliklari, o’quvchilarga bugungi kunda yo'llarda harakatlanganlarida yo'l harakati qoidalariga amal qilish, avtomashina boshqarmaslik, piyodalar o’tish joylaridan o’tganda telefondan foydalanmaslik, ularning yo'ldan xavfsiz o'tish, svetofor signallariga amal qilish, piyodalar uchun belgilangan joylardan foydalanish kabi tavsiyalar berib o'tildi.
👨💻Bundan tashqari bugungi kunda sodir bo'layotgan kiber jinoyatlarni oldini olish maqsadida IIV tomonidan ishlab chiqilgan "APK qo'riqchi" ilovasi to'g'risida ma'lumot berib o'tildi. Shu bilan birgalikda qo'l telefonlariga keladigan har-xil turdagi fayl va havolalarni o'rnatmaslik bo'yicha tavsiyalar berib o'tildi.
— — —
Telegram | 🌐Instagram |
14 октября 2026 г. 9:18
🎬Видео
Qarshi shahridagi 19-maktabda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Qarshi shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirish, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, 1-oktabrdan 1-noyabrga qadar o‘tkazilayotgan “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida o‘quvchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va kelajagiga yetkazadigan zararlari haqida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilishga, huquqbuzarliklardan yiroq bo‘lishga hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirildi.
13 октября 2026 г. 14:15
🖼Фото
🛴🚲 “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari doirasida Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan velosiped, skuter va moped haydovchilari bilan profilaktik targ'ibot ishlari olib borilib, tegishli hujjatlarsiz moto transport vositalarini boshqargan hadyovchilarga qonuniy choralar ko'rilmoqda.
❤️Tadbir davomida:
✅ yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya etish;
✅ himoya vositalaridan foydalanish;
✅ belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilish;
✅ yo‘lning qatnov qismida xavfsiz harakatlanish;
✅ boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
13 октября 2026 г. 14:05
🖼Фото
🅰Viloyatimiz hududi bo’ylab o’tkazilayotgan tungi nazorat reyd tadbirlari davomida bir nechta qo’pol qoidabuzarliklar aniqlanmoqda
☄️Tadbirlar davomida mast holatda avtomashina boshqargan, tegishli hujjatlarga ega bo’lmagan hamda ruxsatnomalarsiz old yon oynalar tusini o’zgartirgan haydovchilar aniqlanib qonuniy chora ko’rildi.
🅰Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati
13 октября 2026 г. 13:56
🖼Фото
🚸 BOLALAR XAVFSIZLIGI — MUHIM VAZIFA!
📍Qarshi tumanida joylash 22-sonli maktabda bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
‼️Uchrashuv davomida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini muntazam o‘rgatish hamda maktab hududida xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
✅Shuningdek, maktablarda qo‘riqlash xizmati xodimlarining xizmatni tashkil etish tartibi, ularning mas’uliyati hamda bolalarning xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
☄️Ta’kidlanganidek, bolalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va o‘quvchilarda yo‘l harakati madaniyatini shakllantirishda ta’lim muassasalari hamda mas’ul tashkilotlarning hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Zero, bolalar xavfsizligi — barchamizning ustuvor vazifamiz!