Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Xalqaro imtihon kompensatsiya

⏳ На проверке
@YIAkompensatsiya
Вступить в канал
2891подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmati orqali mablag‘ olishda muammoga duch kelgan bo‘lsangiz adminga murojaat qiling!!! 71 209 01 04 (305, 406)
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
‼️ Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi. O‘sish sur’ati ancha yuqori. 2025-yili 17 261 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplangan bo‘lsa, 2026-yil yakunigacha 25 850 nafarlik marrani ko‘zlab turibmiz. Bir yilning o‘zida yana 8 589 nafar yosh. Bu, albatta, sezilarli sakrash. ❓Xo‘sh, imkoniyatdan kimlar ko‘proq foydalanyapti Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 317 nafar) tegishli. 14–17 yoshli 25 112 nafar yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Demak, jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Bu esa bolalar maktab davridayoq xalqaro sertifikatlar va xorijiy ta’lim imkoniyatlariga jiddiy tayyorlanayotganini bildiradi. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 503 nafar qiz va 35 599 nafar yigit foydalangan. ❓Qaysi yo‘nalishlarga talab yuqori IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 048 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT bo‘yicha ham raqamlar chakki emas: 9 082 nafar. Demak, yoshlarimiz mo‘ljalni tobora baland olyapti. Yana bir yaxshi tendensiya, tanlov kengaymoqda: koreys tilidan TOPIK, xitoy tilidan HSK, nemis tilidan TestDAF, Goethe-Zertifikat kabi xalqaro imtihonlar ham kompensatsiya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti. Qoraqalpog‘istonning shimolida bu imkoniyatga yetish uchun IELTS’dan 6 ball kifoya. Davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, 12 ta hududda doimiy yashovchi yoshlar IELTS’dan 6 va undan yuqori yoki TOEFL’dan 60 va undan yuqori ball olsa, imtihon xarajatlari qoplab beriladi. Bu raqamlarni ko‘rish, albatta, quvonarli. Bir necha yil oldin minglab yoshlar foydalangan imkoniyat bugun o‘n minglab yoshlarni qamrab olyapti. 74 mingdan oshdik. Sur’atni yanada oshirishimiz kerak, birgalikda oshiramiz! @alisher_sadullaev
🎬Видео
SAT sertifikat imtiyozi bo’yicha ma’lumotlar ➖ SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan abituriyentlar imtihonsiz qo’shimcha davlat grantiga qabul qilinadi; ➖ SAT sertifikati faqat matematika va chet tili mutaxassislik fani hisoblanadigan bakalavriat yo‘nalishiga imtiyoz beradi, boshqa yo’nalishlar uchun imtiyoz yo’q; ➖ matematika va chet tili fanlar majmuasiga mos yo’nalishlar ro’yxati yuqoridagi videoda ko’rsatilgan; ➖ SAT’dan 1200 balldan yuqori olganlar “College Board”ning rasmiy platformasi orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga natijasini yuborishi kerak; ➖ Natijalar elektron shaklda DI kodi orqali Agentlikka quyidagi tartibda yetkaziladi: 1️⃣ Standart tartib (Score Report): Natijalar odatda buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida yetkaziladi. 2️⃣ Tezkor xizmat (Rush): Natijalar dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida Agentlikka taqdim etiladi. ➖sertifikat natijalari 25-iyunga qadar yetib kelishi kerak; ➖ sertifikatni qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul jarayonida mutlaqo hisobga olinmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Ertaga Yoshlar ijod saroyida "Yangi O'zbekiston yoshlari -2030" strategiya farmoni va qarori loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtadi. Mazkur taqdimotga kelmoqchi bo'lganlar va taklifi borlar @YusupovSamandar ga murojaat qilsangiz bo'ladi. Tadbirda Alisher Zafarovich va boshqa bir qator tashkilotdan yuqori lavozimdagi mas'ullar ishtirok etadilar. Izoh: IELTS va boshqa nufuzli sertifikatlardan yuqori ball olib, kompensatsiya olgan yoshlarni taklif qilamiz. Taqdimot Toshkent shahrida bo'lishini inobatga olgan holda, hozirgi vaqtda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchilar murojaat qilishi maqsadga muvofiq.
⚡️⚡️⚡️Kompensatsiya bo‘yicha beriladigan takroriy savollar??????????? 1. Savol: Men ariza bergan edim ammo arizam rad etildi nima sababdan? Javob: Arizani rad etish sababi har bir arizaning izoh qismida yozib qo‘yilgan bo‘ladi. 2. Savol: Men ariza berganimga 5 kun bo‘ldi holati haliyam yangi? Kimga murojaat qilaman? Javob: Amaldagi tartib bo‘yicha 15 kunda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganish talab etilsa 45-kungacha ko‘rib chiqilishi mumkin. 3. Savol: Men arizamga “Tasdiqnoma” oldim ya’ni arizam holati “Tayyorlandi” bo‘lib turibti, ammo bugun bankka bordim pulimni berishmadi? Biz yoshlarga kim yo‘l ko‘rsatadi? Javob: Amaldagi tartib bo‘yicha “Tasdiqnoma” berilgan sandan boshlab 15 kunda mablag‘lar moliyalashtiriladi. Masalan: 18-sentabr sanasida tasdiqnoma olgan arizachi 30-sentabrdan keyin hisob raqamda MABLAG‘LAR MAVJUD BO‘LGANDA o‘z mablag‘ini “Xazna” mobil ilovasidan olishi mumkin. MABLAG‘LAR MAVJUD BO‘LMASA - XIZMAT VAQTINCHALIK mavjud emas degan xabarnoma chiqadi. 4.Savol: Xazna ilovasidan qanday ro‘xatdan o‘tiladi? Men o‘tolmayapman yordam bering! Javob: Xazna ilovasi bo‘yicha to‘liq ma’lumotni 1106 qisqa raqamidan olishingiz mumkin! 5.Savol: Arizam jarayonda bo‘lib oxirgi bosqich “Bank xulosasi” bo‘lib turibti? Nega ko‘rib chiqilmayapti? Javob: Arizangiz bunday holatda Agentlik tomonidan tasdiqlangan bo‘lib mablag‘ “Xazna” ilovasi orqali qoplab beriladi. 6. .Savol: Mablag‘ olish muddati 180 kun etib belgilangan? Bu qaysi muddatni o‘z ichiga oladi? Javob: Tasdiqnoma berilgan sanadan boshlab 180 kun muddat ichida ixtiyoriy tarzda mablag‘ni olishingiz mumkin. 7. Kompensatsiya bo‘yicha pullarimizni Xalq banki bermayapti? Yoshlar ittifoqi bermayapti, My.govdagilar bermayapti? JAVOB: MAZKUR DAVLAT XIZMATIGA MAS’UL TASHKILOT O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI!!!!
🎬Видео
Xazna mobil ilovasidan foydalanish bo'yicha qo'llanma!! Xazna mobil ilovasidan mablag'ni olishdagi xatoliklar!!! 1.Xaznadan arizachining o'zi ro'yxatdan o'tmasligi; 2.Xaznadan ro‘yxatdan o‘tgan raqam bilan bank plastik kartasi ulangan raqamning ikki xil bo'lishi; 3.Bank plastik kartasi arizachiga tegishli emasligi (ota-ona, aka uka, va boshqalar). 4. Shaxsiy bank kartasi yo'q bo'lsa xazna ilovaning o'zida virtual karta ochish imkoni mavjud. 5 daqiqa vaqt oladi.

Профиль

Продвижение