5 октября 2026 г. 16:06
🎬Видео
📍 QORAKO‘L TUMANIDA BITIRUVCHI YOSHLAR BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
Qorako‘l tumanida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan shtab faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bitiruvchi yoshlarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yoshlarning murojaatlari va mavjud muammolarini manzilli o‘rganish, ularni ijobiy hal etish hamda har bir bitiruvchining bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
🎯 Asosiy maqsad — har bir bitiruvchini munosib ish bilan ta’minlash va yoshlarning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash.
Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
5 октября 2026 г. 12:05
🖼Фото
‼️ Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi.
O‘sish sur’ati ancha yuqori. 2025-yili 17 261 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplangan bo‘lsa, 2026-yil yakunigacha 25 850 nafarlik marrani ko‘zlab turibmiz. Bir yilning o‘zida yana 8 589 nafar yosh. Bu, albatta, sezilarli sakrash.
❓Xo‘sh, imkoniyatdan kimlar ko‘proq foydalanyapti
Eng katta ulush 18–23 yoshli yigit-qizlarga (33 317 nafar) tegishli. 14–17 yoshli 25 112 nafar yosh ham xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan. Demak, jami kompensatsiya olganlarning 79 foizi 14–23 yoshdagilar. Bu esa bolalar maktab davridayoq xalqaro sertifikatlar va xorijiy ta’lim imkoniyatlariga jiddiy tayyorlanayotganini bildiradi. Umumiy hisobda imkoniyatdan 38 503 nafar qiz va 35 599 nafar yigit foydalangan.
❓Qaysi yo‘nalishlarga talab yuqori
IELTS bo‘yicha hozirgacha 54 048 nafar yoshga 125 mlrd so‘m kompensatsiya to‘langan. SAT bo‘yicha ham raqamlar chakki emas: 9 082 nafar. Demak, yoshlarimiz mo‘ljalni tobora baland olyapti.
Yana bir yaxshi tendensiya, tanlov kengaymoqda: koreys tilidan TOPIK, xitoy tilidan HSK, nemis tilidan TestDAF, Goethe-Zertifikat kabi xalqaro imtihonlar ham kompensatsiya tizimida o‘z o‘rniga ega bo‘lib boryapti.
Qoraqalpog‘istonning shimolida bu imkoniyatga yetish uchun IELTS’dan 6 ball kifoya. Davlatimiz rahbari qaroriga ko‘ra, 12 ta hududda doimiy yashovchi yoshlar IELTS’dan 6 va undan yuqori yoki TOEFL’dan 60 va undan yuqori ball olsa, imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
Bu raqamlarni ko‘rish, albatta, quvonarli. Bir necha yil oldin minglab yoshlar foydalangan imkoniyat bugun o‘n minglab yoshlarni qamrab olyapti.
74 mingdan oshdik. Sur’atni yanada oshirishimiz kerak, birgalikda oshiramiz!
@alisher_sadullaev
5 октября 2026 г. 8:43
🎬Видео
📚 “BOOK CLUB BY GENZ” — yangi avlod kitobxonlari klubi.
Kitob o‘qish — shunchaki mutolaa qilish emas. Bu yangi fikrlar, yangi qarashlar va yangi imkoniyatlar sari yo‘l.
📌Joylar cheklangan! Klubga jami 15 nafar qiz va yigit qabul qilinadi.
Agar siz ham kitob o‘qishni yaxshi ko‘rsangiz, yangi insonlar bilan tanishish, fikringizni erkin ifodalash va o‘zingizni rivojlantirishni istasangiz — “BOOK CLUB BY GENZ” siz uchun!
📩 Murojaat uchun: @bookclubbygenz Telegram kanali
Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram |🌐Instagram|🌐Facebook
4 октября 2026 г. 11:30
🖼Фото
⚡️O‘zbekistonlik talaba-tadbirkorlar uchun global imkoniyat!
Yoshlar Ventures Global Student Entrepreneur Awards (GSEA) bilan hamkorlikni e’lon qiladi. Endi O‘zbekistondagi talaba-tadbirkorlar dunyodagi eng nufuzli xalqaro tadbirkorlik musobaqasida ishtirok etishlari mumkin.
GSEA bu o‘z biznesini yuritayotgan talabalarni birlashtiruvchi global platforma. Musobaqa orqali yosh founderlar o‘z loyihalarini xalqaro darajaga olib chiqish, global muhit va investorlar bilan tanishish hamda tajribali mentorlardan maslahat olish imkoniga ega bo‘ladilar.
Kimlar qatnashishi mumkin?
• Hozirda universitetda (bakalavr yoki magistratura) tahsil olayotgan talabalar;
• Faol ishlayotgan va rivojlanayotgan shaxsiy biznes/startap egasi bo‘lganlar;
• O‘z loyihasi bilan xalqaro sahnaga chiqishga va O‘zbekiston sharafini himoya qilishga tayyor bo‘lganlar.
➡️ Arizalar qabuli ochiq! O‘zbekiston nomidan maydonga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang — ro‘yxatdan o‘ting!
🕊Telegram 📸Instagram 📺YouTube 🌍 Linkedin 🌍Veb sayt
4 октября 2026 г. 8:48
Bek va Lola bugun ham oilamizga quvonch ulashmoqda. Ayniqsa, farzandlarimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat, bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabat aks etgan sahnalar juda ta’sirli.
Albatta, oilaviy tomosha qilishni tavsiya qilaman.
https://youtu.be/oLP2GYWVCzo?feature=shared