14 октября 2026 г. 15:05
🖼Фото
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining oʻrinbosari Shahin Mustafayev va boshqa rasmiylar kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева прибыл с рабочим визитом в город Баку. Главу нашего государства встретили заместитель Премьер-министра Азербайджана Шахин Мустафаев и другие официальные лица.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
14 октября 2026 г. 15:00
🎬Видео
Юридик шахсларга тегишли автотранспорт воситалари бўйича назорат-рейд тадбирлари ўтказилди
Юридик шахсларга тегишли автотранспорт воситаларида мавжуд қарздорлик ҳолатларига ойдинлик киритиш, аниқланган муаммоларни бартараф этиш ҳамда қонунчилик талабларига риоя этилишини таъминлаш мақсадида Тошкент шаҳар ЙҲХБ ходимлари томонидан пойтахтнинг Чилонзор туманида навбатдаги тарғибот-профилактика ва назорат-рейд тадбирлари ўтказилди.
👉 @YHXX_UZ
14 октября 2026 г. 14:20
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
14 октября 2026 г. 14:01
🖼Фото
ANDIJON VILOYATIDA KRIMINOGEN VAZIYATNI BARQARORLASHTIRISH CHORALARI KO‘RILDI
Joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i, polkovnik Timur Ismailov tomonidan Andijon viloyatining tuman va shahar ichki ishlar bo‘linmalari faoliyati joylarga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlarda Prezident qarorlari va tashrif bayonlari, Vazirlik Hay’ati qarorlari ijrosi, shuningdek, avval berilgan topshiriqlarning bajarilishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Shahrixon, Oltinko‘l, Paxtaobod, Jalaquduq, Xo‘jaobod tumanlari hamda Andijon shahridagi qator “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatlarning sodir etilish sabablari, ularga imkon bergan shart-sharoitlar va profilaktik ishlar holati o‘rganildi.
Ayrim mahallalarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning yuqoriligi, o‘g‘irlik sodir etilayotgan hududlarni aniqlash va tahlil qilish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagani, janjalkash oilalar bilan profilaktik ishlarni jadallashtirilishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Aholi gavjum joylarni qo‘shimcha kameralashtirish, mavjud videokuzatuv kameralarini “Qalqon” dasturi hamda tezkor boshqaruv markazlariga integratsiya qilish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Fuqarolarni “APK-qo‘riqchi” va “Mening inspektorim” mobil ilovalariga keng jalb etish, profilaktika inspektorlarining aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini kuchaytirish choralari belgilandi.
Jinoyatlar haqidagi xabarlarga profilaktika inspektorlari bilan birgalikda tezkor chiqishni ta’minlash maqsadida “Tezkor harakatlanuvchi guruhlar” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Savdo markazlari, bozorlar va aholi gavjum joylarida xavfsizlikni ta’minlash, qo‘riqlash xizmati kuch va vositalaridan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarni kameralashtirish imkoniyatlarini kengaytirish vazifalari belgilandi.
O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda Andijon viloyati hududida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Andijon viloyati IIB rahbar va xodimlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda har bir hudud kesimida mavjud muammolarni bartaraf etish, jinoyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
©️ IIV JXD Axborot xizmati
📲Telegram|📹YouTube|🖥Instagram|💻Facebook
14 октября 2026 г. 12:36
🖼Фото
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Boku shahriga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Азербайджанской Республики Ильхама Алиева отбыл с рабочим визитом в город Баку.
#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X