Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

⏳ На проверке
@Xorazm_MMTB
Вступить в канал
9070подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali 📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press ☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-70 🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy 📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🚀 “Gʻoyadan biznesgacha: yoshlar uchun startap imkoniyatlari” Urganch tumanidagi 23-, 33- va 43-sonli umumta’lim maktablarida “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni amalga oshirish mexanizmlari” mavzusida “Mohirlik va biznes soati”ning navbatdagi mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 📌 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga startap loyihalarni g‘oyadan tayyor biznesgacha olib chiqishning to‘rt bosqichli tizimi — g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirish (kengaytirish) bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 💡 Shuningdek, startap g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, moliyalashtirish va bozorga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, grantlar hamda subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tushuntirildi. https://t.me/Innovatsiya_Khorezm
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud holat va dolzarb masalalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlari bilan tanishdi. Unda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari xususida so‘z bordi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda ta’lim mazmunini hayotiy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash hamda munosib rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish muhimligi qayd etildi. Taqdimotlar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalarni aniq belgilash, ularning ijrosi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
🖼Фото
🟢 QO‘SHKO‘PIR TUMANIDAGI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASHG‘ULOTLAR JARAYONI Qo‘shko‘pir tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, intellektual salohiyatini oshirish hamda ularni maktab ta’limiga tayyorlashga qaratilgan mashg‘ulotlar izchil olib borilmoqda. Mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning yosh xususiyatlari inobatga olinib, turli didaktik o‘yinlar, qiziqarli topshiriqlar va interfaol usullardan foydalanilmoqda. Bu esa tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlashi, nutqi, ijodkorligi va atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Sifatli maktabgacha ta’lim — barkamol avlod kamoloti va kelajakdagi muvaffaqiyatlar poydevori! Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish ✅Telegram 📹Youtube ✅Facebook 🌐Instagram 🌐Web-sayt

Профиль

Продвижение