5 октября 2026 г. 16:31
📎 Audio
📱 Oʻzbekcha Vikipediyada 1968-yilda rejissyor Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan "Toshkent — non shahri" film maqolasining audiosini tinglashingiz mumkin.
🎧 Mazkur audiomaqola 2022-yil 2-iyul kuni Qamar0904 foydalanuvchisi tomonidan tayyorlangan. "Sen yetim emassan" film maqolasining audiosini ham aynan shu inson yaratgan.
Siz-chi, oʻzbekcha Vikipediya uchun audiomaqola tayyorlab koʻrdingizmi?
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2 октября 2026 г. 10:35
🖼Фото
🇺🇳 BMT Bosh Assambleyasi 2007-yil 15-iyunda 2-oktyabrni Xalqaro kuch ishlatmaslik kuni deb belgilagan. Tegishli rezolyutsiya ovoz berishsiz, ya’ni konsensus asosida qabul qilingan.
🇮🇳 Sana bejiz tanlanmagan. 2-oktyabr — "kuch ishlatmasdan kurashish" g‘oyasining mashhur namoyandasi, Hindiston mustaqillik harakati yetakchisi Mahatma Gandining tavallud kuni.
🤝 Gandi ushbu gʻoyaning tamoyillarini rivojlantirib, uni siyosiy kurashning amaliy vositasiga aylantirgan. Bunda mahsulotlarni boykot qilish, rasmiy lavozimlardan voz kechish va fuqarolar itoatsizligi kabi usullardan foydalangan.
#BuBoshqaGap
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 октября 2026 г. 8:45
🖼Фото
☺️ Aziz ustozlar, sizga qancha minnatdorlik bildirmaylik, mashaqqatli mehnatingiz, sabr-toqatingiz va yosh avlod kamolida ko‘rsatayotgan fidoyiligingiz oldidagi qarzdorligimizni uzolmaymiz.
🔔Shu o‘rinda, ''WikiSfera" oromgohlarida yoshlarga o‘zbekcha Vikipediyaga maqolalar kiritish bo‘yicha bilim va tajribalarini ulashgan mentorlarimizni ham bayram bilan tabriklab qolamiz.
Hurmat bilan, "WikiMarafon'' jamoasi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
30 сентября 2026 г. 15:37
🖼Фото
🇬🇪 Nika Pailodze 1995-yilda tugʻilgan gruziyalik fotograf. 2014-yildan buyon shahar ko‘chalarini muntazam suratga olib keladi.
🌳 Fotograf hayotning o‘zida yuz berayotgan lahzalarni kuzatish va ularni fotoapparat orqali muhrlashni afzal ko‘radi.
🏠 Suratlar orqali hayotning goh quvonchli, goh oʻyga toldiruvchi manzaralariga guvoh boʻlasiz. Ajoyib-a?
#kun_lavhasi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
27 сентября 2026 г. 14:46
🖼Фото
Davlatimiz rahbarining Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrigi
@alisher_sadullaev