Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

⏳ На проверке
@Toshkent_shahar_MMTB
Вступить в канал
6963подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali Manzil:Toshkent shahri, Oqdaryo ko'chasi, 122-uy Elektron pochta manzili: t.toshkent_shxtbb@exat.uz info@tshmmtb.uz Telefon: +998 55 516 05 55
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
📢 SAYYOR QABUL Hurmatli fuqarolar! Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Raximjonov ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi. 🗣 Sayyor qabul davomida fuqarolarning ta’lim tizimiga oid murojaatlari, taklif va muammolari tinglanadi. 📆 2026-yil 15-oktabr ⏰ Soat 16:00 📍 Bektemir tumani 289-sonli umumta’lim maktabi 📌 Barcha murojaat qiluvchi fuqarolarni sayyor qabulga taklif etamiz! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🟢Bizni kuzating: 📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK
🖼Фото
#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📢 "Kelajak" markazlari tavsiya qiladi! Respublika "Kelajak" markazi tomonidan o'tkazilayotgan eng yirik tanlov va loyihalarni eslatib o'tamiz. Qiziqishingizga mos yo'nalishni tanlang, kelajakka birga qadam tashlaymiz! ✔️ Teatr san'ati, sahna madaniyati hamda aktyorlik sohasida qiziqish va iqtidoringiz bo'lsa, 8 nafardan iborat maktab jamoangizni tuzing va "Turon" maktab teatri tanlovida o'z mahoratingizni namoyish eting. ✔️ Cholg'u asboblarini chalishni bilasizmi? Milliy musiqa san'atiga qiziqshingiz bormi? Unda "Iqtidor" maktab ansambli tanlovi Siz uchun! 6-10-sinf o'quvchilaridan iborat maktab jamoalarini tanlovga taklif etamiz. ✔️ Agar Sizda jadid ajdodlarimiz ijodi va faoliyati, ular qoldirgan buyuk merosini o'rganishga ishtiyoq yuqori bo'lsa, unda "Jadidlar izidan" tanlovida ishtirok etib, bilimlaringiz sinovdan o'tkazing va xorijga ta'lim sayohatini qo'lga kiriting. ✔️ Siz 5-11- sinf o'quvchisisiz. Maktabingiz hayotidagi muhim qarorlarda ishtirok etishni xohlaysizmi? Qo'shimcha ta'lim imkoniyatlaridan foydalanib, uni do'stlaringiz orasida ham targ'ib qilmoqchimisiz? Unda Sizni O'quvchilar Kengashida kutamiz! Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
RASMIY MUNOSABAT Olmazor tumanidagi 88-sonli DMTTda yuzaga kelgan holat Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Mazkur holat yuzasidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilib, maktabgacha ta’lim tashkilotida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, xonalarning tozaligi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar mas’ul xodimlar ishtirokida atroflicha o‘rganiladi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi uchun mas’ul shaxslarning javobgarligi masalasi ham belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Bolalarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash, ular uchun toza hamda sanitariya talablariga javob beradigan muhit yaratish masalasi boshqarmaning doimiy nazoratida bo‘ladi.
🎬Видео
Maktablarda ikkinchi xorijiy til: bu haqida 👌 FAKT ✅ 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy tilni 10-sinfdan o‘qitish amaliyoti joriy etildi. ➖ 2024/2025-o‘quv yilida: — 354 ta maktabda; — 16 224 nafar o‘quvchi qamrab olindi. 📊 Mazkur maktablarda ikkinchi xorijiy til sifatida ingliz, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari o‘qitilmoqda. 🌐 2026/2027-o‘quv yilida ham 420 ta maktabda ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish davom ettiriladi. Bunda 27 895 nafar o‘quvchini qamrab olish rejalashtirilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🟢Bizni kuzating: 📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK
🖼Фото
“VATAN TAYANCHI” OTRYADI A’ZOLARINING QASAMYOD QABUL QILISH TADBIRI Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 63-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ChQBT rahbari B.R. Daminov boshchiligida “Vatan tayanchi” otryadi a’zolarining qasamyod qabul qilish tadbiri o‘tkazildi. 🫡 Tadbir davomida o‘quvchilar Vatanga sadoqat, yurt tinchligini asrash va o‘z burchiga mas’uliyat bilan yondashishga va’da berdilar. Mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 🟢Bizni kuzating: 📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK

Профиль

Продвижение