14 октября 2026 г. 16:43
🖼Фото
🔰 Poytaxtimizda Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi
Bugun poytaxtimizning Yunusobod va Shayxontohur tumanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tezkor bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
Unda Poytaxtimizdagi volontyorlar, FVDqTning hududiy va funksional quyi tizimlariga kiruvchi barcha hamkor boshqaruv organlari hamda qutqaruv xizmatlari ishtirok etdi.
Mashq ssenariysiga asosan, shartli ravishda sodir bo‘lgan zilzila va uning oqibatida kelib chiqqan turli xil favqulodda vaziyatlar imitatsiya qilindi. Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan o'zaro hamkorlikda quyidagi tezkor amaliy harakatlar bajarildi:
🔸 Shartli vayronagarchiliklar hududidan jabrlanganlarni qidirib topish va qutqarish;
🔸 Ularga zudlik bilan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatish;
🔸 Aholini xavfli hududlardan xavfsiz joylarga tezkor, vahimasiz va tartibli evakuatsiya qilish hamda xavfsiz hududga joylashtirish;
Ushbu amaliy o‘quv mashqlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — qutqaruv bo‘linmalari va hamkor xizmatlarning favqulodda vaziyatlar yuz berganda tezkor, aniq va birgalikda harakat qilish malakasini yanada takomillashtirish hamda aholi xavfsizligini mustahkamlashdan iboratdir.
👇 Obuna bo‘lishni unutmang
📱 @ToshkentFVBB
📱 Instagram
14 октября 2026 г. 13:59
🖼Фото
✍️ “Umummilliy diktant” loyihasining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar Bosh boshqarmasi tizimida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida
“Umummilliy diktant” loyihasining shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
📌 Tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar:
🥉 3-o‘rin: III darajali serjant G.Muradova
🥈 2-o‘rin: Oddiy askar I.Raxbarov
🥇 1-o‘rin: Kichik serjant J.Sarmirzayev
G‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchimiz Respublika bosqichiga yo‘l oldi!
Tadbirlar so‘ngida g‘oliblarga Toshkent shahar FVBB boshlig‘ining esdalik sovg‘alari topshirildi.
14 октября 2026 г. 13:39
🖼Фото
Chorshanba — qutqaruvchi kasbini targ‘ib qilish kuni”
Bugun, 14-oktyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hududiy boshqarma, bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarida “Chorshanba — qutqaruvchi kasbini targ‘ib qilish kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida qutqaruvchi kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlari, qutqaruvchilarning aholi xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, yoshlarni ushbu sharafli kasbga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar qutqaruvchi kasbining nufuzini oshirish va yoshlarni ushbu sharafli kasbga yo‘naltirishga xizmat qiladi
14 октября 2026 г. 13:31
🖼Фото
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.
Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.
—
Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.
Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.
Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.
Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
14 октября 2026 г. 10:24
🎬Видео
Deputatlar yong'in xavfsizligini o'rgandilar
📝Facebook │ 📱Instagram │ 📝Telegram │ 🎬Youtube