5 октября 2026 г. 11:19
🖼Фото
Universitetimiz talabalari VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdilar
Dunyoning 45 ta mamlakatidan saralab olingan 700 nafarga yaqin eng iqtidorli yoshlar ishtirok etgan VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i G. Xoliqulova rahbarligidagi universitetimiz jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi.
Joriy yilning 5-oktyabr kuni universitet rektori T. Teshabayev g‘olib talabalar bilan uchrashib, ularni qo‘lga kiritilgan yuksak zafar bilan samimiy tabrikladi.
#XalqaroOlimpiada #IqtidorliTalabalar #Muvaffaqiyat #OliyTalim #MoliyaviyXavfsizlik #Iqtisodiyot
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
2 октября 2026 г. 15:03
🖼Фото
🏆 XALQARO MAYDONDA YUKSAK NATIJA!
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari VI Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi!
🌎 Olimpiadaning saralash bosqichida 20 000 ga yaqin talabgorlar ishtirok etdi. Yakuniy bosqichga esa 45 davlatdan 700 ga yaqin eng kuchli ishtirokchilar yetib keldi.
🔥Olimpiada Xitoy, Hindiston, Braziliya, Janubiy Afrika Respublikasi, Indoneziya, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlar vakillari ishtirokida bo'lib o'tdi. Bunday katta raqobatda universitetimizning ikki nafar talabasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.
🥇Menejment fakulteti, 4-kurs talabasi Yo'ldoshev Komronbek Mirsaxat o'g'li
“Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha 1-o'rinni
🏅 Bank ishi fakulteti, 4-kurs talabasi Davronova Madina Baxtiyorovna
“Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Mazkur natija minglab iqtidorli yoshlar orasidan saralangan ishtirokchilar qatnashadigan, moliyaviy xavfsizlik sohasidagi eng nufuzli xalqaro olimpiadalardan birida qo‘lga kiritilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Talabalarimizni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatlarida yangi zafarlar tilaymiz!
🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram
30 сентября 2026 г. 10:34
🖼Фото
🌸 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak!
🌸 Aziz va hurmatli ustozlar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
🌸 Sizning bergan bilimingiz, ko‘rsatgan yo‘lingiz va har bir talabaga bildirgan ishonchingiz biz uchun juda qadrlidir. Bugun erishayotgan yutuqlarimizda ustozlarimizning mehnati, sabri va samimiy qo‘llab-quvvatlashi alohida o‘rin tutadi.
🌸 Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar va shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz.
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
🔥 Hurmat bilan,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Iqtidorli talabalar bo‘limi
🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram
28 сентября 2026 г. 9:38
🖼Фото
📚 LUKONESTO SCHOOL OF ACCOUNTANCY
Buxgalteriya kursining navbatdagi guruhlariga qabul boshlandi! 🎓
Buxgalteriya sohasini 0 dan boshlab professional darajagacha o‘rganishni istaysizmi? Unda aynan siz uchun!
Kurs davomida siz:
📌 Buxgalteriya nazariyasini
📌 0 dan balansgacha bo‘lgan jarayonlarni
📌 Buxgalteriya provodkalarini
📌 1C dasturida ishlashni
📌 Amaliy misollar asosida ishlashni o‘rganasiz.
✨ Biz uchun son emas — SIFAT muhim!
Shu sababli guruhlarimizda talabalar soniga emas, har bir talabaga sifatli ta’lim berishga alohida e’tibor qaratamiz.
💰 Eng muhimi, talabalarimiz imkoniyatini hisobga olgan holda kurs narxlari hamyonbop tarzda belgilangan.
🔥 Shoshiling! Navbatdagi guruhga qo‘shilish va o‘z kelajagingizga bugundan sarmoya kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
@Aynura_Abayovna
LUKONESTO — bilimdan amaliyotga, amaliyotdan kasbga! 📊✨
25 сентября 2026 г. 7:34
🖼Фото
📣 Tanlov g‘oliblari aniqlandi!
🔥 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va yozma mulohazalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning yakuniy — final bosqichida ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy izlanishlari va ijodiy yondashuvlarini namoyon etdilar.
Final bosqichida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇 1-o‘rin — Inotullayeva Intizor
🥈 2-o‘rin — Rasulov Dilshod
🥉 3-o‘rin — Ahrorqulov Jonibek
👏 G‘oliblarni muborakbod etamiz va kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz!
🌐Bizni kuzatishda davom eting.
Instagram | Telegram