9 октября 2026 г. 10:16
🖼Фото
#davra_suhbati
Buxgalteriya hisobi fakultetida huquqiy mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi fakultetida “Fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini odil sudlov orqali himoya qilish kafolatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish, odil sudlovning ahamiyati, sud orqali huquqlarni tiklash kafolatlari hamda qonun ustuvorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
9 октября 2026 г. 10:08
🖼Фото
#davra_suhbati
Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti menejment va marketing fakulteti tyutori Sh.Bektemirov tashabbusi bilan “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi hamda kelajagiga salbiy ta’siri, yoshlarni zararli odatlardan asrash va sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
9 октября 2026 г. 10:03
🖼Фото
#TTJ
Talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutori M.Nasriddinova tomonidan talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida talaba-qizlarning yashash sharoitlari, kundalik hayoti, mavjud qulayliklar va muammolari o‘rganildi. Ularning murojaat va takliflari tinglanib, turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, xonalarni ozoda saqlash, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatiga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda zarur hollarda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
9 октября 2026 г. 9:52
🖼Фото
#kitobxonlik
“Alkimyogar” asari muhokamasiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi fakultetida mashhur yozuvchi Paulo Koeloning jahon bestselleriga aylangan “Alkimyogar” asari muhokamasiga bag‘ishlangan adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar asar yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, ular o‘rtasida Kahoot intellektual o‘yini ham o‘tkazildi. G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞
8 октября 2026 г. 11:37
🖼Фото
#mahorat_darsi
Buxgalteriya hisobi fakultetida yoshlar diplomatiyasi bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi fakultetida O‘zbekiston yoshlar diplomatiya markazining Samarqand viloyatidagi tadbirlari doirasida talabalar uchun yoshlar diplomatiyasiga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.
Master-klass davomida talabalarga diplomatiya, xalqaro hamkorlik, muzokara olib borish, samarali muloqot va strategik fikrlash bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, yosh diplomatlar akademiyasi hamda O‘zbekiston yoshlar diplomatiya markazining loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞