5 октября 2026 г. 17:18
🖼Фото
🏙️ Zamonaviy shaharlar – yangi avlod mutaxassislari bilan barpo etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi.
Hozirgi vaqtda universitetda 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qariyb 10 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ta’lim va ilm-fan jarayonlariga raqamli texnologiyalar keng joriy etilmoqda, dual ta’lim rivojlantirilmoqda. Ilmiy ishlanmalarni tijorat loyihalariga aylantirish, talabalar shaharchasini esa innovatsion yechimlar maydoniga aylantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Saida Mirziyoyeva qayd etganidek, yurtimiz shaharlarini zamonaviy va yashil makonga aylantirish uchun faqat zamonaviy binolar qurishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan va ekologik barqaror yechimlarni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash zarur.
"Yurtimiz shaharlari zamonaviy va yashil makonga o‘z-o‘zidan aylanib qolmaydi. Buning uchun keng fikrlaydigan, noan’anaviy g‘oyalarni ilgari suradigan, ekologik barqaror arxitektura va muhandislik yechimlarini ishlab chiqadigan hamda ularni amaliyotga tatbiq eta oladigan yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tarbiyalash juda muhim"- dedi Saida Mirziyoyeva.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
5 октября 2026 г. 15:39
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Abrorjon Masutovich Pulatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
5 октября 2026 г. 15:19
🖼Фото
💬 Neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
🔵Taqdimotda gaz zaxiralarini ko‘paytirish, geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlarini kengaytirish, gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda tarmoq korxonalarining moliyaviy samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🔵Joriy yilda 5 ta yangi gaz koni ochildi, hududlarda 80 ta quduq burg‘ilandi. Ustyurt hududida xorijiy hamkorlar bilan yangi quduqlarni o‘zlashtirish va gaz qazib olish samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
🔵Shuningdek, gaz yetkazib berish barqarorligini oshirishga qaratilgan loyihalar natijasida yiliga 125 million kub metr gazni tejash imkoniyati qayd etildi.
🔵Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ham ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Yil oxirigacha zavod quvvatidan foydalanish darajasini 40 foizdan 65 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
🔵Prezident yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalashtirish manbalari asosida amalga oshirish, geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
5 октября 2026 г. 15:04
🖼Фото
⚡️Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha maktablarda preventiv choralar kuchaytirilmoqda.
📈 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda qator mas’ul idoralar hamkorligida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini o‘quvchilarga tushuntirish hamda maktablarda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida maxsus ko‘rgazmali posterlar ishlab chiqildi.
✅ Hozirda mazkur targ‘ibot materiallarini respublikamizning deyarli barcha davlat umumta’lim maktablarida o‘quvchilar tanishishi uchun qulay tarzda joylashtirish ishlari bormoqda.
📌Ushbu ko'rgazmali materiallar orqali bolalar:
🔷o‘z huquqlarini yaxshiroq tushunadi;
🔷 zo‘ravonlikning qanday shakllari uchrashi va u qay harakatlarda aks etishini anglaydi;
🔷bunday vaziyatga duch kelgan taqdirda, qayerga va qanday murojaat qilish zarurligi haqida bilib oladi;
🔷ta’lim mas’ullari bola zo‘ravonlikka uchraganda qay tarzda darhol harakatlanishi zarurligi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
❗️Eng muhimi, bolalarning zo‘ravonlik o‘zi nima ekanligi to‘g‘risida xabardorligi ularni bunday xavflardan birlamchi himoyalashda asosiy omildir.
🔔 Farzandlarimizni asraylik! Zero har bir bola xavfsiz, sog‘lom va zo‘ravonlikdan xoli muhitda ulg‘ayishga haqli.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
5 октября 2026 г. 14:32
🎬Видео
❤️🔥Suv ta’minoti sohasida Markaziy Osiyodagi ilk o‘quv qo‘llanmalari: nazariya va amaliyot birlashmoqda
Batafsil: https://uzsuv.uz/uz/posts/71584
https://t.me/Rasmiy_axborot_official