6 октября 2026 г. 2:24
🖼Фото
Pensionerlar uchun muhim eslatma
Agar sizning pensiya tushadigan plastik kartangiz muddati tugagan bo‘lsa, xavotir olmang — pensiya to‘lovlari to‘xtatilmaydi
🔹 Yangi karta olish uchun siz:
— tijorat banki filialiga borib ariza topshirishingiz mumkin
— yoki bankning mobil ilovasi orqali onlayn murojaat qilishingiz mumkin
🔹 Arizangiz qabul qilingandan so‘ng:
— sizga yangi plastik karta ochiladi
— keyingi oydan boshlab pensiya mablag‘lari aynan shu yangi kartaga tushadi
Muhimi: karta muddati tugashi pensiya berilishini to‘xtatmaydi!
https://t.me/Qashqadaryopensiya
5 октября 2026 г. 4:12
🎬Видео
DIQQAT: Oson pul va'da qilib, sizni jinoyatchiga aylantirishlari mumkin!
So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda "Bank kartangizdan foydalanishga ruxsat bering, kuniga 500 000 so'm (yoki undan ko'p) to'laymiz" qabilidagi xabarlar ko'paymoqda. Ogoh bo'ling, bu orqali kiberfiribgarlar sizni "DROPPER"ga aylantirmoqchi!
https://t.me/Qashqadaryopensiya
5 октября 2026 г. 3:53
🖼Фото
❓Menga nogironlik pensiyasi tayinlandi. Men rasmiy ishlashni ham boshladim. Qancha vaqtdan so‘ng pensiyamni qayta hisoblatish uchun murojaat qilsam bo‘ladi?
🧑🏻🦽Nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng fuqaro ishlashni boshlasa, pensiyasi har 2 yilda qayta hisoblab beriladi.
🔔 Misol uchun, fuqaro unga nogironlik pensiyasi tayinlangandan so‘ng ishlashni boshladi va 2 yil davomida kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘ldi. Endi fuqaro pensiyasini qayta hisoblatish uchun Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.
Ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot olish tizimida mavjud bo‘lmasa, ushbu ma’lumotlarni qog‘oz shaklda ham taqdim etishlari mumkin.
❗️ Ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida ko‘rinishi uchun fuqarolar o‘z ish beruvchilaridan kerakli ma’lumotlarni my.mehnat.uz tizimiga kiritilganligini talab qilishlari lozim.
Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457
👉 telegram | instagram | facebook
3 октября 2026 г. 5:20
🖼Фото
Xushxabar, Oktabr oyi pensiyalari MOLIYALASHTIRILDI!
Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2026-yil oktabr oyi uchun pensiya to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi.
Joriy oyda viloyat bo‘yicha qariyb 394 ming nafar pensionerga jami 673.1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqda.
Shundan 576.2 mlrd so‘m mablag‘ pensiyalarini bank kartalari orqali oluvchi ifuqarolarning kartalariga yuklab berildi.
Pensiyalarni naqd shaklda oluvchilar uchun esa jami 96.9 mlrd so‘mlik mablag’lar Xalq banki sayyor kassalari tomonidan belgilangan grafik asosida yetkazib beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, pensiyani bank kartasi orqali oluvchi fuqarolarga belgilangan tartibda pensiya miqdorining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ham to‘lab beriladi.
☎️ Murojaatlar uchun: +998787710457
https://t.me/Qashqadaryopensiya
2 октября 2026 г. 13:30
🖼Фото
Pensionerlar uchun 30 mln so‘mgacha mikroqarz
Pensiya pulingizni Xalq banki kartasida olasizmi?
Unda siz uchun Xazna ilovasida moliyaviy imkoniyat — istalgan maqsadlar uchun 30 mln so'mgacha onlayn mikroqarz.
Mikroqarzni rasmiylashtirishda ta'minot talab etilmaydi.
✅ Muddati: 24 oygacha
✅ Yillik foizi: 21%
🌐 Batafsil: xb.uz
https://t.me/Qashqadaryopensiya