14 октября 2026 г. 16:01
🎬Видео
НОРИНДА ЯШИЛ КЕЛАЖАК ПОЙДЕВОРИ ҚАД РОСТЛАМОҚДА!
Табиатни асраш — келажакни асраш! Норин туманида ёшларга экологик билим бериш, она табиатга меҳр ва масъулият туйғусини сингдиришга хизмат қиладиган «яшил» техникум бунёд этилмоқда.
Президентимизнинг 2026 йил 25 мартдаги 110-сонли қарори асосида амалга оширилаётган лойиҳа учун 7 миллиард сўм маблағ йўналтирилган. Айни пайтда бинонинг ташқи фасадида қурилиш ишлари давом этмоқда.
Бу даргоҳда нафақат мутахассислар, балки табиатни асрайдиган, яшилликни қадрлайдиган ва келажак тақдирига бефарқ бўлмаган авлод камол топади!
Бугун қад ростлаётган маскан — эртанги яшил ҳаёт, соғлом муҳит ва обод келажакка қўйилган мустаҳкам қадамдир!
Норин туман ҳокимлиги Ахборот хизмати
14 октября 2026 г. 16:00
🖼Фото
💬Issiqxonalarga “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun imtiyozlar beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ilg‘or "yashil" texnologiyalar asosida issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish va aholi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklariga imtiyozlar beriladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Xususan, faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari stavkalari 50 foizga kamaytiriladi. Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqdan ozod qilish tarzidagi soliq imtiyozi beriladi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/232779
💬Для внедрения «зелёных» технологий в тепличных хозяйствах предоставят льготы
Принято постановление Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по развитию тепличных хозяйств на основе передовых «зелёных» технологий и эффективному использованию приусадебных земель населения».
Согласно постановлению, тепличным хозяйствам предоставят льготы и меры поддержки. В частности, для субъектов предпринимательства, доходы от деятельности которых по итогам текущего отчётного (налогового) периода составляют не менее 60 процентов совокупного дохода, с 1 января 2027 года по 1 января 2030 года ставки земельного налога и налога на имущество юридических лиц будут снижены на 50 процентов. Также предусмотрено освобождение от уплаты налога с оборота.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/232779
📱Instagram | 📱Telegram | 📱Facebook | X | 📱 Linkedin
14 октября 2026 г. 15:40
🎬Видео
Kuzda Mingbuloq tumani juda go'zallashadi...
@namanganlive24
14 октября 2026 г. 15:40
🖼Фото
#Yangiliklar
Namangan davlat universiteti gerbariy fondi xalqaro miqyosda roʻyxatdan oʻtkazildi
Namangan davlat universiteti gerbariy fondi Index Herbariorum xalqaro ma’lumotlar bazasida rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi va unga HNSU — Herbarium of Namangan State University xalqaro akronimi berildi.
Index Herbariorum dunyo bo‘ylab 3 400 ga yaqin gerbariy va ularda saqlanayotgan 350 millionta botanika namunalari haqidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.
Hozirgi kunda Namangan davlat universiteti gerbariy fondida qariyb 10 000 ta botanika namunasi saqlanadi. Fondni raqamlashtirish hamda namunalar haqidagi ma’lumotlarni xalqaro platformaga kiritish maqsadida ularni skanerlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar gerbariy kuratori Rustam Gulomov va gerbariy menejerlari Avazbek Batoshov, Davron Dehqonov hamda turlarni identifikatsiyasi bo'yicha Hushbaht Hoshimovlar tomonidan olib borilmoqda.
Mazkur yutuq universitet gerbariy fondining xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olinishi, O‘zbekiston florasiga oid ilmiy ma’lumotlarning xalqaro miqyosda ommalashishi va botanika tadqiqotlari uchun ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Veb-sayt| Facebook |Instagram | YouTube
14 октября 2026 г. 15:10
🎬Видео
⚡️Jamoatchilik fikri yuzasidan so‘rovnoma ruknidan
Tasavvur qiling, sizni chiqindini ko‘chaga tashlaganingiz uchun sudda ayblashmoqda. O‘zingizni qanday oqlagan bo‘lardingiz?
Bu boradagi keng jamoatchilikning fikri sizga ham qiziqmi, unda ushbu lavhani kuzating.
💬
Представьте, что вас обвиняют в суде в том, что вы выбросили мусор на улице. Как бы вы оправдывались?
Интересно ли вам узнать мнение широкой общественности по этому поводу? Тогда посмотрите этот видеоролик.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube