5 октября 2026 г. 12:08
📎 Namangan_vakansiyalar_osonish 05.10.2026 sanasiga.xlsx
🟦🟦🟦🟦🟦
🎓 Magistrantlar, mutaxassisligingizga mos ish izlayapsizmi?
Taqdim etilgan vakansiyalar ro‘yxatida o‘qituvchi, tarbiyachi, psixolog, logoped, sport va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ish o‘rinlari mavjud.
Ro‘yxatni ko‘rib, bilim va ko‘nikmalaringizga mos vakansiyalarni tanlashingizni tavsiya qilamiz. Murojaat qilishdan oldin ish beruvchidan malaka talablari, ish haqi, manzil va ish vaqtini aniqlashtiring. Ish jadvali magistratura darslariga mos kelishiga ham e’tibor bering.
📌 Qiziqqan vakansiyangiz uchun rezyume tayyorlang va ish beruvchi bilan bog‘laning. O‘qish davomida orttirilgan kasbiy tajriba kelajakdagi faoliyatingiz uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin.
#NamDPI #Magistratura #Vakansiya
🔗Kanalga ulanish
5 октября 2026 г. 9:44
🎬Видео
⚠️To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish qanday ishlaydi?
🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
#NamDPI #Magistratura
🔗Kanalga ulanish
5 октября 2026 г. 4:39
🖼Фото
🎓 Magistratura talabalari uchun dars kunlari
1-kurs: dushanba, chorshanba va juma.
2-kurs: seshanba, payshanba va juma.
🕜 Darslar 2-smenada, soat 13:30 da boshlanadi.
Kanalga ulanish👇🏿
@NamDPI_magistratura_26
4 октября 2026 г. 16:39
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟦🟦🟦🟦
🔻Scopusni noldan o‘rganishni xohlaysizmi?
🔘Scopus nima? Jurnal qanday tanlanadi? Maqola yozishni nimadan boshlash kerak?
📚Kanalimizda “Scopus: noldan boshlaymiz” ruknini ochmoqchimiz. Har postda — sodda tushuntirish, misol va bitta amaliy qadam.
🎓 Bu magistrantlar uchun ham dolzarb: Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 500-son qarori bilan 2026/2027-o‘quv yilidan o‘qish davrida Scopus hamda Web of Science bazalaridagi jurnallarda maqola e’lon qilgan magistrantlarni belgilangan tartibda rag‘batlantirishga ruxsat berilgan. (lex.uz)
👍 Sizga shu darslar kerak bo‘lsa, reaksiya qoldiring. Qiziqishingizga qarab boshlaymiz!
📌 Batafsil: @Scopus_Academy
4 октября 2026 г. 16:25
🖼Фото
AI BERGAN MANBA HAQIQATAN MAVJUDMI?
Sun’iy intellekt sizga juda ishonchli ko‘rinadigan ilmiy manba berishi mumkin.
Muallif bor.
Maqola nomi bor.
Jurnal nomi bor.
Yili bor.
Hatto DOI ham bo‘lishi mumkin.
Ammo bu manba haqiqatan mavjud degani emas.
Generativ AI tizimlarida mavjud bo‘lmagan bibliografik ma’lumotlarni ishonchli ko‘rinishda yaratish holatlari uchraydi.
Shuning uchun AI bergan manbani to‘g‘ridan-to‘g‘ri dissertatsiya yoki maqolangizga kiritmang.
Avval:
maqola nomini qidiring;
mualliflarini tekshiring;
jurnal va nashr yilini solishtiring;
DOI mavjud bo‘lsa, uni oching;
eng muhimi — maqolaning o‘zini o‘qing.
Chunki ikki xil muammo bo‘lishi mumkin:
Manba umuman mavjud emas.
Yoki undan ham murakkabrog‘i:
Manba mavjud, ammo siz keltirayotgan fikrni tasdiqlamaydi.
Shuning uchun manbaning faqat mavjudligini emas, mazmunga mosligini ham tekshiring.
AI manba qidirishda yordamchi bo‘lishi mumkin. Lekin foydalanilgan manbaning to‘g‘riligiga javobgarlik tadqiqotchining o‘zida qoladi.
📍@akademik_burchak da bo‘ling 🛋