Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Iqtidorli talabalar NamDPI

⏳ На проверке
@NamDPI_iqtidorli
Вступить в канал
1341подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining telegramdagi kanali. Murojaat uchun: Tel: +998901518999, +998952632020 Telegram: @Tursunov_Ramziddin, @Doniyorbek_Maxkamov
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
#Hamkorlik NAMANGAN VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI HUZURIDAGI QO‘RIQLASH XIZMATIDA NAVBATDAGI MA’NAVIYAT VA AXBOROT SOATI O‘TKAZILDI Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibi uchun reja-grafik asosida online va offline tartibda navbatdagi ma’naviyat va axborot soati o‘tkazildi. Ma'naviyat va ma'rifat soatida, "Ma'rifat" targ'ibotchilari jamiyati a'zosi, Namangan davlat pedagogika instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi Ramziddin Tursunov tomonidan "Zamonaviy davlat xizmatchisi: shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijadorlik"  mavzusi bo'yicha ma'lumotlar berildi hamda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: ✅ Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi telegram sahifasi
🖼Фото
#Tavallud_kun Bugun Namangan davlat pedagogika institutining jonkuyar va fidoiy yosh xodimlaridan biri, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Tursunov Ramziddin Abdixalil oʻgʻlining tavallud ayyomi. 💐 Ramziddin Abdixalil oʻgʻlini bugungi shukrona kuni munosabati bilan institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! 🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🖼Фото
#Xushxabar Namangan davlat pedagogika instituti talabasi “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi g‘olibi bo'ldi 2026-yilning may oyidan boshlab o‘tkazib kelingan “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi o‘z nihoyasiga yetib 8 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha jami 24 nafar g‘olibi aniqlandi. Quvonarli jihati, ushbu tanlovning Aniq va tabiiy fanlarga mansub taʼlim yoʻnalishlari bo'yicha "Biotauch audio" innovatsion loyihasi bilan ishtirok etgan Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi talabasi Xakimbekova Muslima Otabek qizi 1-o'rinni qo'lga kiritdi. 💐 Muslima Otabek qizni ushbu muvaffaqiyat bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! 🗣 Tanlov g‘oliblari bilan tanishing ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: ✅ Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi telegram sahifasi
📎 AXBOROT XATI 13-14-noyabr.pdf
#konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan 2026-yil 13-14-noyabr kunlari "Tabiiy fanlar integratsiyasida innovatsion ta’lim texnologiyalari: an’anaviylik va zamonaviylik" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda. ➡️Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin. 🔘Konferensiya uchun maqolalar o'zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. ✅Konferensiya sho'balari: 💖 Tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion va raqamli texnologiyalar; 😄 Tabiiy fanlar integratsiyasi: fanlararo aloqadorlik va STEM ta’lim yondashuvlari; 😄 Tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirishda an’anaviy va zamonaviy metodlarning uyg‘unligi; 😄 Oliy va professional ta’limda tabiiy fanlar bo‘yicha amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish usullari; 😄 Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish ta’limining dolzarb muammolari; 😄 Tabiiy fanlar (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya, geologiya va b.)ning fundamental va amaliy tadqiqotlariga oid zamonaviy yutuqlar. 😃 Nashrga tavsiya etilgan har bir maqolaga alohida DOI raqam beriladi hamda mualliflarga maqolaning saytga joylashtirilgan URL manzili (havolasi), maqolaning alohida PDF nusxasi, elektron to‘plam va elekrton sertifikat taqdim etiladi. 🤩 Maqolalar quyidagi bazalarda indekslanadi: 👍Google Scholar; 👍Zenodo DOI; 👍Open AIRE; 👍smartquillpublishing.uz 📩 Maqola va tezislar quyidagi manzillar orqali joriy yilning 12-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi: ✔️@rahmatillo_akbarov ✔️@Doniyorbek_Maxkamov ✔️ @smart_quill_publishing ➡️ Maqolalar tahririyat tomonidan 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, nashrga tavsiya etilgan maqolalar 5 ish kuni ichida alohida havola va DOI raqam bilan nashr etiladi. ➡️ Qo'shimcha ma'lumot uchun tel: 📞 +998930574320 📞 +998871355453 ❤️ Smart Quill Publishing MCHJ rasmiy telegram sahifasi
🖼Фото
📣 Hurmatli ustoz va murabbiylar! 💐 Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz! 👨‍🏫 Yosh avlodga bilim va tarbiya berish, ularning intellektual salohiyati, ma’naviy dunyosi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingiz tahsinga sazovordir. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak kasbiy mahoratingiz va ezgu tashabbuslaringiz mamlakatimiz ta’lim tizimi taraqqiyoti, ilm-fan ravnaqi hamda barkamol avlodni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. ✔️ Ushbu qutlug‘ bayramda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi ilmiy-pedagogik yutuqlar tilaymiz. Shogirdlaringiz kamolini, mehnatingiz samarasini ko‘rish, el-yurt hurmati va e’tiborida bo‘lish doimo nasib etsin! 💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar! 🔖Hurmat bilan, 🤩 Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi jamoasi ✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: ✅ Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi telegram sahifasi

Профиль

Продвижение