29 октября 2026 г. 12:35
🖼Фото · 10 шт.
Sport vaziri Prezident Olimpiadasi musobaqalarini adolatli va shaffof tarzda o‘tkazilishi jarayonlari bilan tanishdi
Sport vaziri Adkham Ikramov Prezident Olimpiadasi musobaqalarining adolatli, shaffof va xalqaro standartlarga mos tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida musobaqalar jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, vazir stol tennisi, voleybol, dzyudo hamda chim ustida xokkey bo‘yicha o‘tkazilayotgan bellashuvlarni kuzatib, musobaqalarning tashkil etilishi, sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va hakamlik jarayonlariga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, musobaqa ishtirokchilarining sifatli ovqatlanishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida mas'ullar va yosh sportchilar bilan muloqot o‘tkazdi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
29 октября 2026 г. 11:56
🖼Фото · 10 шт.
Ta'lim sohasida xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
Portugaliyaning Jean Piaget Polytechnic Institute of the North (IPJPN) vitse-prezidenti Paula Rodrigues hamda Italiyaning Trento universiteti Psixologiya va kognitiv fanlar departamenti tadqiqotchisi Claudia Bonfiglioli O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvda institut rahbariyati bilan ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mehmonlarga institut faoliyati va ta’lim jarayonlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ular institut muzeyi bilan tanishib, sohaga oid ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
29 октября 2026 г. 11:18
🖼Фото · 10 шт.
"Prezident Olimpiadasi" sport musobaqalari doirasida navbatdagi kungi ogʻir atletika bellashuvlari davom etmoqda.
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib oʻtayotgan bahslarda ishtirokchilar 49 kg, 60 kg, 53 kg va 65 kg vazn toifalarda g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
29 октября 2026 г. 7:00
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана отбыл в эту страну с рабочим визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X