5 октября 2026 г. 17:21
🖼Фото
GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
Mirishkor tumanida yil boshidan buyon giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanishining oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholining huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.
📌 Xususan:
🔹 “Giyohvandlik — yoshlar kelajagiga tahdid”
🔹 “Giyohvandlik — kelajak kushandasi”
🔹 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” targ‘ibot tadbiri
🔹 O‘RQ–1151-sonli Qonun targ‘iboti
🔹 “Giyohvandlik, korrupsiya va internet xatarlariga qarshi ma’rifiy uchrashuv”
🔹 “Giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar aylanmasi uchun jinoiy javobgarlik keskinlashtirildi”
🔹 “Giyohvandlik — asr vabosi!”
🔹 “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi”
🔹 “Giyohvandlikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi”
🔹 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” targ‘ibot tadbiri
🔹 “Yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzi targ‘ib qilindi”
🔹 “Sog‘lom turmush tarzi va zararli illatlarga qarshi birlashuv”
📢 Targ‘ibot chellenjlari:
🔸 Targ‘ibot chellenji — 1
🔸 Targ‘ibot chellenji — 2
🔸 Targ‘ibot chellenji — 3
👥 Rahbarlar murojaatlari:
🔹 Mirishkor tumani hokimining murojaati
🔹 Tuman prokurorining murojaati
🔹 Tuman IIB boshlig‘i nutqi
🌐 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar tuman hokimligining rasmiy veb-saytida ham yoritib borildi.
Qolaversa, shu yo‘nalishda Mirishkor tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari Azizbek Yazdurdiyev joriy yil “Targ‘ibot a’lochisi” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi deb e’lon qilindi.
👉 “Targ‘ibot a’lochisi” Respublika ko‘rik-tanlovi natijalari
Giyohvandlikka qarshi kurash — sog‘lom avlod va farovon kelajak uchun umumiy mas’uliyatdir!
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 / @mirishkorpress
5 октября 2026 г. 16:40
🖼Фото
Kechki vaqtda ham aholi bilan muloqot davom etdi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov kechki vaqt bo‘lishiga qaramasdan, “Vori” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari hamda ko‘cha boshilari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida hududdagi mavjud masalalar, oilalar mustahkamligini ta’minlash, aholi bandligini oshirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi. Mahalladagi har bir oilaning farovonligi, aholi bilan yaqin va manzilli ishlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida tuman rahbari hududdagi fermerlar bilan suhbatlashdi. Unda ob-havoning sovishi va yog‘ingarchilikli kunlar yaqinlashayotgani inobatga olinib, dalalarda qolgan hosilni imkon qadar qisqa muddatlarda, sifatli va to‘liq yig‘ishtirib olish zarurligi ta’kidlandi.
Fermerlarga g‘alla ekish ishlarini 10-oktabrga qadar yakunlash, ekin maydonlarini o‘z vaqtida tayyorlash, yerga ishlov berish hamda barcha agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mas’ullarga esa belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, fermer xo‘jaliklariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar berildi.
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 / @mirishkorpress
5 октября 2026 г. 13:52
🖼Фото
Ogohlik va hushyorlik — xavfsizlikning muhim omili
Hurmatli Mirishkor tumani aholisi, aziz tumandoshlar!
Bugungi kunda hududimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Biroq mahallalarimizda xavfsiz muhitni ta’minlash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emas. Bunda har bir fuqaroning hushyorligi va mas’uliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, o‘g‘rilik va firibgarlik kabi jinoyatlarning oldini olishda oddiy ehtiyot choralariga amal qilish ko‘plab noxush holatlarning oldini oladi.
Shu bois sizlardan:
— xonadon, hovli va xo‘jalik binolarini qarovsiz qoldirmaslik;
— eshik, darvoza va boshqa kirish joylarini ishonchli qulflash;
— pul, qimmatbaho buyum va boshqa mol-mulklarni xavfsiz joyda saqlash;
— telefon va internet orqali kelayotgan shubhali qo‘ng‘iroq hamda xabarlarga ishonmaslik;
— begona va shubhali shaxslar yoki transport vositalariga duch kelganda befarq bo‘lmaslikni so‘rayman.
Shuningdek, mahallalarda qo‘ni-qo‘shnichilik va o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlashimiz zarur. Chunki bir-birimizning xavfsizligimizga befarq bo‘lmasak, jinoyatchilikka qarshi kurashishda yanada yaxshi natijalarga erishamiz.
Aziz tumandoshlar!
Tinch va xavfsiz hudud — avvalo, ogoh va mas’uliyatli fuqarolar bilan barpo etiladi. Har birimiz qonunlarga hurmat bilan qarab, o‘zimiz va yaqinlarimiz xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashaylik.
Mirishkorimiz tinchligi va osoyishtaligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
Hurmat bilan,
Sardor Nazarov
Mirishkor tumani prokurori
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 / @mirishkorpress
5 октября 2026 г. 13:50
🖼Фото
Dalalardagi ishlar va kuzgi mavsum vazifalari muhokama qilindi
Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov hamda tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Xaydarov “Ko‘hna Fazli” va “Avtonomov” hududlarida bo‘lib, fermerlar bilan uchrashdi.
Muloqot davomida dalalardagi mavjud holat, hosilni yig‘ib-terib olish ishlari va kuzgi mavsumda bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi.
Ob-havoning sovushi va yog‘ingarchilik kunlari yaqinlashayotgani sababli qolgan hosilni imkon qadar qisqa muddatlarda yig‘ishtirib olish, dalalarda ishlarni jadallashtirish bo‘yicha fermerlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, g‘alla ekish ishlarini 10-oktabrga qadar yakunlash, ekin maydonlarini o‘z vaqtida tayyorlash va agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish vazifalari belgilandi.
Hududlarning obodonligi ham e’tibordan chetda qolmadi. Xususan, dala chetlarini begona o‘t va xas-xashaklardan tozalash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekiladigan maydonlarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, yer unumdorligini oshirish maqsadida mahalliy o‘g‘itlarni dalalarga chiqarish va undan samarali foydalanish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z muddatida va sifatli bajarish, fermer xo‘jaliklaridagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
😎😎😎😎😎😎😎😎
📌📌📌📌 / @mirishkorpress
5 октября 2026 г. 13:23
🎬Видео
#Axborot24 | Qashqadaryoda yoshlarni daromadli qilish maqsadida 5 ming yoshga yer, 20 ming nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi
Yaratilgan imkoniyatlar natijasida yoshlar chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanib, yuqori daromad olishni rejalashtirmoqda.
Gov.uz| Telegram|YouTube|FB|Instagram|X