Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi

⏳ На проверке
@Kukdala_uz
Вступить в канал
6054подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Ko'kdala tumani hokimligining rasmiy telegram sahifasi. www.gov.uz/oz/Kokdala youtube.com/@kukdala Instagram.com/kukdala_uz Murojaatlar: @Kukdalauzbot
🏛 Политика🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

⚡️ERTAGA KO‘KDALA TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI! Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan gaz taqsimlash stansiyasilarida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda 2026-yilning 6-oktyabr kuni (ertaga) soat 10:00 dan soat 17:00 ga qadar: ❗️Ko‘kdala tumanning Ko‘kdala, "Oltin dala" va "Oltin boshoq" mahallasida; ❗️Shuningdek, 8 AGTKSH 1."Safety fuyel" 2."Odil" 3."Ko‘kdala metan gaz" 4."Ko'kdala zangori olovi" 5."Jovliyev Shokir Bobosherovich" 6."Muhammadiyev Musurmon1" 7."Chiroqchi metan gaz taʼminoti" 8."Muhammadiyev Musurmon 2" 9."Imkon gaz servis" AGTKSH da tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi. ✍ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
🎬Видео
Кўкдала туман тиббиёт бирлашмаси томонидан "Ёшлар - гиёҳвандлик ва норкожиноятларга қарши" мавзусида тарғибот тадбири ташкил этилди. @Kukdala_uz
🎬Видео
#Ko‘kdala_tumani #Baxt_MFY #Biz_giyohvandlikka_qarshimiz 📚 “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” Ma’naviyat maskanida tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Baxt mahallasi  ijtimoiy xodimi hamkorligida Baxt mahallasi  yoshlari  ishtirokida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. https://t.me/kukdalakuzgusi
🎬Видео
#huquqiy_bilim ✅ Yangi bino qurish jarayonida telekommunikatsiya talablarini hisobga olish shartligini bilasizmi? 📡 Amaldagi qonunchilikka muvofiq, jamoat, ma’muriy, turar-joy va sanoat obyektlarini loyihalashda telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy tartibda ko‘rsatilishi lozim. Asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1️⃣ Telekommunikatsiya vositalarini o‘rnatish uchun zarur joy va elektr ta’minoti ajratilishi; 2️⃣ Binoda telefoniya, internet, televideniye va “xavfsiz uy” tizimlari uchun kabel shaxtalari mavjud bo‘lishi; 3️⃣ Aloqa liniyalarini yotqizish hamda uskunalarni o‘rnatish uchun tegishli yer uchastkalari ajratilishi. ⚠️ Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, bino yoki inshoot loyihasi tasdiqlanmaydi hamda foydalanishga qabul qilinmaydi. Batafsil videoda tomosha qiling! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube|LinkedIn
🖼Фото
Qonun ustuvorligi va xavfsizlik: Ko‘kdala tumanida yo‘lovchi tashuvchi haydovchilar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.   ​Mamlakatimizda yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, Ko‘kdala tumanida ham bu boradagi ishlarga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.   ​Xususan, Ko‘kdala tumani prokurori Ravshan Xurramov yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida aholiga transport xizmatlarini ko‘rsatishda qonun talablariga qat'iy rioya qilish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.   ​Tadbirda ta'kidlanganidek, avtomobil yo‘llarida harakatlanish jarayonida har bir haydovchi o‘z mas'uliyatini chuqur his etishi, yo‘l harakati qoidalariga og‘ishmay amal qilishi shart. Qoidalarga beparvolik bilan qarash nafaqat haydovchining o‘z hayotini, balki minglab begunoh yo‘lovchilar va boshqa harakat qatnashchilarining xavfsizligini xavf ostiga qo‘yishi qayd etildi.   ​Shuningdek, haydovchilarning yo‘lovchilar bilan xushmuomalada bo‘lishi, madaniyat va xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etishi muhimligi alohida ta'kidlandi.   O‘z navbatida, har qanday huquqbuzarlik yoki noqonuniy xatti-harakatlar uchun qonun oldida jazo muqarrarligi qat'iy tushuntirib o‘tildi.   ​Uchrashuv yakunida haydovchilarni qiziqtirgan savolllarga huquqiy javoblar berilib, yo‘llarda hushyorlik va ogohlikni oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Bunday profilaktik tadbirlar kelgusida ham davom ettiriladi.

Профиль

Продвижение