Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal

⏳ На проверке
@Jizzakhedu
Вступить в канал
4768подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari -Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz -Telegram: https://t.me/Jizzakhedu -Instagram: instagram.com/xtbjizzax/ -Facebook: https://www.facebook.com/share/g/16FcTdmMoi/ -Admin: @sarvinoz_narziyeva
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
BAXMALDA TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI 📍Mavjud muammolar joyida o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 🗓Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sarvar Nazarqosimov tomonidan Baxmal tumanidagi ta’lim muassasalarida o‘rganish ishlari olib borildi. 🔴O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligi, muassasalardagi mavjud shart-sharoitlar, aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✔️Shuningdek, ta’lim muassasalarining 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining sozligi, zarur yoqilg‘i zaxirasi va qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. 📊O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli maslahat va tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar belgilandi. Mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ta’lim muassasalarida munosib sharoit yaratish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi. ✅Asosiy maqsad — ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarga joyida yechim topish va ta’lim muassasalarida qish mavsumini barqaror hamda xavfsiz o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz ⌛web-sayt ⚡Telegram ✅Facebook 😀Instagram
🖼Фото
⏳ASOSIY OLIMPIADAGA 12 SOAT QOLDI! ⏰Mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari intiqlik bilan kutayotgan Asosiy olimpiadaning II (ikkinchi) — tuman (shahar) bosqichi boshlanishiga 12 soat qoldi. ✅ Ertaga ishtirokchilar belgilangan fanlar bo‘yicha o‘z bilim va tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazadilar. ➡️ OLIMPIADA YO‘RIQNOMASI 🗓 Olimpiada fanlar kesimida ushbu jadval asosida belgilangan sanalarda o‘tkaziladi. 📢 Olimpiada haqida batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. Olimpiada manzillari ⬅️ 📍Ishtirokchilar olimpiada o‘tkaziladigan manzilga 1 soat avval borishlari so‘raladi. Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! #AsosiyOlimpiada BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN! ⚡️ 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzatib boring: ✅Veb-sayt ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook 🔹 YouTube 🔹 Linkedin
🖼Фото
#BIZNING_SHUNDAY_FARZANDLARIMIZ_BOR 🏢Jizzax shahar 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-“V” sinf o‘quvchisi Baxriddinova Asila Xusniddinovna B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi. 📚Ushbu muvaffaqiyat o‘quvchimizning bilimga bo‘lgan qiziqishi, qat’iyati, izlanishi va muntazam mehnati samarasidir. Bu yutuq yosh avlodga yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari hamda ustozlarning fidokorona mehnati natijasida qo‘lga kiritildi. 💐Ushbu yutuqqa erishishda o‘zining bilim, tajriba va e’tiborini ayamagan ingliz tili fani o‘qituvchisi Xolmatova Dilorom Vaxob qizi hamda sinf rahbari Muhammadiyeva Feruza Erkinovnaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz ⌛web-sayt ⚡Telegram ✅Facebook 😀Instagram
🖼Фото
#fakt 🧠 Qiziqarli fakt Inson miyasi kuniga 60 mingta fikr ishlab chiqaradi. Ammo ularning ko‘pi takroriy fikrlar bo‘ladi. Shuning uchun muvaffaqiyatli odamlar: • har kuni yangi narsani o‘rganadi • miyani yangi g‘oyalar bilan “oziqlantiradi” 📌 Bugun siz qanday yangi bilim o‘rgandingiz? ✔️A'zo bo'ling va bizni kuzatishda davom eting: https://t.me/raqamli_pedagogik_xizmatlar
🖼Фото
#JASORAT_MAKTABI 🇺🇿Joriy yilning 15-oktabr kuni viloyatimizning barcha hududlarida Jasorat maktablariga qabul qilingan o'quvchilarning va'da berish tadbiri bo'lib o'tadi. 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz ⌛web-sayt ⚡Telegram ✅Facebook 😀Instagram

Профиль

Продвижение