Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti

⏳ На проверке
@Huquqnisohalararoorganish
Вступить в канал
2347подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti rasmiy telegram kanali. Dekan: Dildora Umarxanova Murojaat uchun: @Akademikdepartament_bot 👉 Instagram.com/TDYU_HSOF
⚽ Спорт🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🎉 Tabriklaymiz! Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Mahamadaliyeva Farangizbonu Mahammadamin qizining “Umid” nomli she’rlar jamlanmasi chop etilgani munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. 📚 Yosh ijodkoraga kelgusidagi ijodiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va yuksak marralar tilaymiz! 👉Telegram👈 👉Instagram👈
🖼Фото
#exchange Illinois universitetida akademik almashinuv dasturi uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi Toshkent davlat yuridik universiteti AQSHning Illinois universiteti Yuridik kolleji bilan hamkorlikda universitetimiz talabalari uchun xalqaro tanlov e’lon qiladi. ✅ Mazkur tanlov g‘olibi 2027/2028-o‘quv yilining kuzgi semestrida Illinois universitetida akademik almashinuv dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tanlovda ishtirok etish talablari: 🔹 TDYUning 1–3-bosqich talabasi bo‘lish; 🔹 o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lishi; 🔹 ingliz tilini bilishi (IELTS 6.0 yoki CEFR B2). 📌 Xalqaro tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 1-noyabrga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: 🔗 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc8wJwT0gXEM8pwMkTZKkNO65HGrgB1IVPkbEGp1A0yT7f6wA/viewform 👉Telegram👈 👉Instagram👈
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti pinned a photo
🖼Фото
#besh_tashabbus #ijtimoiy_faollik 🏐 VOLEYBOL MUSOBAQASI Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti talabalari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etiladi! Musobaqa talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkaziladi. 🔥 Barcha sportsevar talabalarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🏆 Faol bo‘ling, jamoangiz sharafini munosib himoya qiling! 📌 Ro‘yxatdan o‘tish uchun jamoa shakllantirgan holda, dekanatga murojaat qilishingiz so‘raladi. 9-oktabr kuni, kunning ikkinchi yarmida o'tkaziladi 👉Telegram👈 👉Instagram👈
🖼Фото
#mahorat_darsi Shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi bo’yicha UZCARD eksperti tomonidan mahorat darsi o’tkazildi. 2026-yilning 30-sentabr kuni Huquq va texnologiyalar sho’basi tashabbusi bilan magistratura talabalari uchun zamonaviy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Masterklassga “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (TB “UZCARD”) Shaxsga doir ma’lumotlar himoyasi bo’yicha Bosh yuristi Usmonov Nusratillo Otabekovich taklif etildi. Uchrashuvda Kiber huquq, Huquq sohalari hamda Intellektual mulk va axborot texnologiyalari huquqi yo‘nalishlarining magistrantlari ishtirok etishdi. Mashg‘ulot “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risidagi qonunchilik, amaliy keyslar va amaliyotdagi mavjud muammolar” mavzusiga bag‘ishlandi. Bunday amaliy mahorat darslari talabalarning nazariy bilimlarini real biznes jarayonlari bilan boyitish hamda raqamli davr uchun yetuk yuridik kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. 👉Telegram👈 👉Instagram👈

Профиль

Продвижение