9 октября 2026 г. 8:19
Assalomu aleykum, aziz do’stlar!
O‘zbekistonda ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish masalalari ko‘p yillardan buyon faoliyatimning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga o‘z hissamni qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi Ta’lim va fan vazirligining tashkil etilishi ta’lim tizimiga yangicha yondashuvlarni joriy etish, uni iqtisodiyot ehtiyojlari bilan yanada uyg‘unlashtirish, raqobatni kuchaytirish hamda xususiy sektorning ishtirokini kengaytirishga bo‘lgan qat’iy intilishni aks ettiradi.
Ushbu islohotlar doirasida Prezident Administratsiyasi huzurida inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqish uchun maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Mazkur ishchi guruhga jamoatchilik asosida rahbarlik qilishdek mas’uliyatli vazifani menga ishonib topshirgani uchun Prezidentimizdan minnatdorman.
Bu mas’uliyat O‘zbekistonning kelajak avlodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘p yillik faoliyatimning mantiqiy davomidir. Jumladan, men Teach For Uzbekistan tashkiloti Vasiylik kengashi a’zosi, mamlakatimizdagi ilk tadbirkorlik universiteti — TEAM University asoschilaridan biri, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti jamoasining faxriy a’zosi (Honorary Fellow) hamda Toshkent davlat universiteti Kengashi a’zosi sifatida ta’lim sohasidagi tashabbuslarda ishtirok etib kelmoqdaman.
Oldimizda turgan muhim vazifalarni amalga oshirish yo‘lida tadbirkorlar, ta’lim sohasi mutaxassislari, olimlar va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ishlashni intiqlik bilan kutmoqdaman. Qilinadigan ishlar ko‘p. Bu mas’uliyatli vazifaga o‘z amaliy tajribam, kuch-g‘ayratim va aniq natijalarga erishishga qaratilgan yondashuvim bilan hissa qo‘shishga tayyorman.
Ishonchim komilki, insonlarga sarmoya kiritish va o‘zgarib borayotgan iqtisodiyot ehtiyojlariga javob bera oladigan ta’lim tizimini shakllantirish O‘zbekistonning kelgusi taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali sezilarli va uzoq muddatli natijalarga erisha olishimizga ishonaman.
9 октября 2026 г. 8:14
🖼Фото
“O‘zbekistonda yaratilgan”: Kirill Altman biznes vakillari haqida kitob nashr etdi
Alter Ego loyihasi asoschisi Kirill Altman mahalliy tadbirkor va top-menejerlar bilan suhbatlariga asoslangan “O‘zbekistonda yaratilgan” nomli yangi kitobini taqdim etdi.
O‘zbek va rus tillarida chop etilgan nashrdan mamlakatdagi 30 nafar biznes vakillarining hayotiy qoidalari, amaliy tajribasi va sohaga oid qarashlari o‘rin olgan.
Ular orasida Korzinka, Express24, Alif, TBC Uzbekistan, Click, Payme, Uzbekistan Airways, Hamkorbank hamda boshqa yirik kompaniyalar rahbarlari bor.
“O‘zbekistonda yaratilgan” kitobi men uchun yoshlar uchun yaxshi dastyor, tajribali insonlar uchun esa barchasini to‘g‘ri bajarishayotganining tasdig‘i va ramziga aylanishi kerak, — deya ta’kidlaydi muallif.
Rasmda: “O‘zbekistonda yaratilgan” kitobidan fikrlar.
Telegram | Instagram | YouTube
4 октября 2026 г. 5:15
🖼Фото
Prezidentimiz Ta’lim va ilm-fan vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzolar ekanlar, ta’lim sifatini oshirish va sohani yangi bosqichga olib chiqish uchun yangicha yondashuvlarni qo‘llash, bozor talablariga mos ta’limni, raqobatni hamda xususiy sektor ishtirokini rivojlantirish vazifasini qo‘ydi.
Shu maqsadda Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha umummilliy konsepsiyani ishlab chiqadigan maxsus ishchi guruh tashkil etilmoqda. Unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbarlik qiladi.
Guruh tarkibiga ta’lim muassasalarini yo‘lga qo‘yish va samarali tizimlar yaratishda tajribaga ega tadbirkorlar, soha mutaxassislari, olimlar hamda xalqaro ekspertlar jalb qilinadi.
—
Подписывая указ о создании Министерства образования и науки, Президент нашей страны поставил задачу применять новые подходы для повышения качества образования и вывода отрасли на новый уровень, развивать образование с учетом запросов рынка, усиливать конкуренцию и расширять участие частного сектора.
В этих целях при Администрации Президента формируется специальная рабочая группа по разработке общенациональной концепции стратегии развития человеческого капитала и непрерывного образования. На общественных началах ее возглавит предприниматель Зафар Хашимов.
В состав группы войдут предприниматели, имеющие опыт создания образовательных учреждений и эффективных систем, профильные специалисты, ученые и международные эксперты.
Facebook|Instagram|X
4 октября 2026 г. 5:15
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Министерство дошкольного и школьного образования и Министерство высшего образования, науки и инноваций реорганизованы в единое Министерство образования и науки.
Целями данной реформы являются организация единой системы образования, воспитания и науки в стране на основе современных требований, выведение на новый уровень работы по повышению качества и эффективности образования и развития человеческого капитала.
Предусматривается обеспечение взаимной интеграции и преемственности между всеми видами образования и внедрение единой эффективной системы управления, охватывающего все этапы от дошкольного до высшего образования, а также научную деятельность, и повышение подотчетности системы перед общественностью.
Facebook|Instagram|X