Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

FVMMTB - Rasmiy kanali

⏳ На проверке
@FarVMMTB
Вступить в канал
43867подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
15.10.2026добавлен
Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasining rasmiy kanali ✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar ✔️ Ijtimoiy yangiliklar ✔️ Ta'lim yangiliklari
📰 Новости и медиа🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
🎮 Bir kun siz yaratgan o‘yinni minglab odamlar o‘ynashi mumkin. Hammasi esa ilk qadamdan boshlanadi! 📣 Farg‘ona yoshlari uchun maxsus imkoniyat! Endilikda Farg‘ona Digital Hub va IT shaharchasida GameDev - kompyuter va mobil o‘yinlar yaratish yo‘nalishida bepul ta’lim olishingiz mumkin! GameDev - bu g‘oyani odamlar o‘ynaydigan o‘yinga aylantirish: qahramonlar, ularning vazifalari, o‘yin dunyosi va qoidalarini o‘ylab topish hamda dasturlash orqali ularni harakatga keltirishdir. Xayolingizda ajoyib o‘yin g‘oyasi bormi? Balki siz o‘ylagan qahramon yoki sarguzasht hali hech qaysi o‘yinda yo‘qdir. Endi shu g‘oyalarni amalga oshirishni o‘rganish vaqti keldi! ✨ O‘yinlarga bo‘lgan qiziqishingiz kelajak kasbingizga aylanishi mumkin. Buning uchun qiziqish bilan birga o‘rganishga, izlanishga va o‘z ustingizda ishlashga tayyorlik ham kerak. Qanday qatnashish mumkin? 🔵 Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🔵Qisqa test savollariga javob bering. 🔵Javoblaringizda o‘z fikringiz va ijodkorligingizni namoyon qiling. 🚀 Xayolingizdagi o‘yin hozircha g‘oya. Uni yaratish sari birinchi qadamni bugun qo‘ying! ➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: Creativetech.uz 💬 Siz yaratadigan o‘yinda bosh qahramon kim bo‘lardi va uning vazifasi nima bo‘lardi? Izohlarda yozing! O‘yinlarga qiziqadigan do‘stingizga ham yuboring - balki kelajakdagi jamoangizni birga tuzarsiz!
🖼Фото
📚Kitob... 🔰Agar nodir fikrli insonga duch kelsak, undan qanday kitoblarni o‘qishini so‘rashimiz kerak. Ralf Valdo Emerson, shoir, esse­navis Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
🖼Фото
#KelajakMarkazlari #QoʻshimchaTaʻlim 📢 "Kelajak" markazlari tavsiya qiladi! Respublika "Kelajak" markazi tomonidan o'tkazilayotgan eng yirik tanlov va loyihalarni eslatib o'tamiz. Qiziqishingizga mos yo'nalishni tanlang, kelajakka birga qadam tashlaymiz! ✔️ Teatr san'ati, sahna madaniyati hamda aktyorlik sohasida qiziqish va iqtidoringiz bo'lsa, 8 nafardan iborat maktab jamoangizni tuzing va "Turon" maktab teatri tanlovida o'z mahoratingizni namoyish eting. ✔️ Cholg'u asboblarini chalishni bilasizmi? Milliy musiqa san'atiga qiziqshingiz bormi? Unda "Iqtidor" maktab ansambli tanlovi Siz uchun! 6-10-sinf o'quvchilaridan iborat maktab jamoalarini tanlovga taklif etamiz. ✔️ Agar Sizda jadid ajdodlarimiz ijodi va faoliyati, ular qoldirgan buyuk merosini o'rganishga ishtiyoq yuqori bo'lsa, unda "Jadidlar izidan" tanlovida ishtirok etib, bilimlaringiz sinovdan o'tkazing va xorijga ta'lim sayohatini qo'lga kiriting. ✔️ Siz 5-11- sinf o'quvchisisiz. Maktabingiz hayotidagi muhim qarorlarda ishtirok etishni xohlaysizmi? Qo'shimcha ta'lim imkoniyatlaridan foydalanib, uni do'stlaringiz orasida ham targ'ib qilmoqchimisiz? Unda Sizni O'quvchilar Kengashida kutamiz! Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🖼Фото
💎Uchko‘prikda “Sen iste’dodlisan!” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi   📍Uchko‘prik tumanida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida “Sen iste’dodlisan!” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.   🪙Tanlov doirasida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari va iste’dodlarini namoyish etdilar.   ➡️G‘olib o‘quvchsi tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.   🌐Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.   Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Профиль

Продвижение