1 октября 2026 г. 8:00
🎬Видео
Ustoz — bizga o‘zimizdan avval ishongan inson
Har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyati, orzu va intilishlari bor. Bolaning qobiliyatini yuzaga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda ustozning sabri, e’tibori hamda o‘z vaqtida aytgan dalda so‘zi katta ahamiyatga ega. Bola o‘ziga ishona boshlaganida, shu mehr va e’tiborning samarasini ko‘ramiz.
Aziz ustozlar, farzandlarimizga bilim berib, ularni hayotga ishonch bilan qarashga o‘rgatayotganingiz uchun sizlardan minnatdorman. Shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehrini his qilib yashash nasib etsin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
1 октября 2026 г. 2:00
🖼Фото
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Har birimizning hayotimizda qobiliyatimizni ilg‘agan, bizga ishongan va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan muallimning alohida o‘rni bor. Bugun siz ham farzandlarimizga ana shunday mehr va mas’uliyat bilan saboq berib, ularni katta maqsadlar sari ruhlantiryapsiz.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda pedagoglarning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish, mehnatini munosib qadrlash va kasbiy rivojlanishi uchun sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda sizning tajribangiz, taklif va tashabbuslaringiz biz uchun muhim. Har bir tarbiyachi va o‘qituvchining o‘z ishidan mamnun bo‘lib, bilim va mahoratini bolalar kamoliga bag‘ishlashi uchun imkoniyatlarni kengaytirish — ustuvor vazifamiz.
Aziz pedagoglar!
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman. Doimo yaqinlaringiz, shogirdlaringiz va el-yurtimiz ardog‘ida bo‘ling.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
E’zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
30 сентября 2026 г. 15:38
🖼Фото
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik
—
Поздравление учителям и наставникам Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
29 сентября 2026 г. 6:13
Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, hurmatli ota-onalar!
So‘nggi kunlarda bolalar xavfsizligi bilan bog‘liq salbiy xabarlar barchamizni jiddiy tashvishga solmoqda.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan voqea meni nafaqat vazir, balki ona sifatida ham qattiq larzaga soldi. Bolaning xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan insonlarning o‘z vazifasiga loqayd munosabatda bo‘lishini hech qanday sabab bilan oqlab bo‘lmaydi.
Voqea haqida eshitganimda Andijonda edim. O‘sha kuni Toshkentga qaytish o‘rniga Namanganga borib, vaziyatni joyida o‘rgandim. Holatning tafsilotlari, mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rilayotgan choralar bilan tanishdim.
Shu o‘rinda, nega bu haqda avvalroq ommaga ma’lumot berilmadi, degan savolga ham javob bermoqchiman. Holat yuzasidan tergov olib borilayotgani sababli uning jarayoniga xalaqit bermaslik, eng avvalo, qizaloqning manfaatlari va shaxsiga doir ma’lumotlarni himoya qilish uchun tafsilotlarni oshkor qilmadik. Vakolatli organlarning xulosalarini kutayotgan vaqtimizda ham vazirlik o‘z vakolati doirasida holatni o‘rganish va tegishli choralarni ko‘rish ishlarini davom ettirdi.
Avval xabar berilganidek, voqeaga aloqadorlikda gumon qilinayotgan barcha xodimlar ishdan olindi. Vazirlik tomonidan holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifalarini qanday bajarganini aniqlash hamda ularning o‘z lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish uchun maxsus ishchi guruh tuzildi. Ushbu jarayonlarni shaxsiy nazoratimga olganman.
O‘rganish davomida kim o‘z vazifasini bajarmagani, kim beparvolikka yo‘l qo‘ygani va kim ushbu holatga ko‘z yumganiga aniqlik kiritilishi kerak. Bolalar xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan har bir xodim va rahbarning faoliyatiga shu mezon asosida baho beriladi. Ularning lavozimi yoki xizmat tajribasidan qat’i nazar, vazirlik vakolati doirasida qat’iy choralar ko‘riladi. Aybdor deb topilgan shaxslar esa qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ayni kunlarda maxsus ishchi guruh mamlakatimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining — rahbarlardan tortib texnik xodimlargacha — faoliyatini o‘rganmoqda. Bu jarayonda aniqlangan har bir kamchilikning sababi va unga yo‘l qo‘ygan mas’ullarning javobgarligi ko‘rib chiqiladi. Ko‘riladigan choralar bolalar uchun xavfsiz muhit yaratishga va bunday voqealarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka xizmat qilishi kerak.
Tizimdagi barcha rahbar va xodimlarga murojaat qilaman: sizga ishonib topshirilgan har bir bolaning xavfsizligi kundalik faoliyatingizning eng asosiy talabi bo‘lishi shart. Farzandlarimiz taqdiriga befarq, o‘z vazifasiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lgan insonlarning ta’lim tizimida ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ota-onalarning ishonchini oqlash uchun har bir bog‘chada bola himoyalanganini, unga mehr va e’tibor ko‘rsatilayotganini amalda ta’minlashimiz zarur.
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook
25 сентября 2026 г. 5:09
🖼Фото
Rasmiy munosabat
Telegram messenjeridagi mazkur sahifa va suhbat matni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimovaga tegishli emasligini ma’lum qilamiz.
Kuzatuvchilardan bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma'lumotlarga tayanishlarini so‘raymiz.
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook