5 октября 2026 г. 15:13
🖼Фото
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘ida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari natijadorligini oshirish, yirik loyihalarni puxta hisob-kitob va aniq moliyalashtirish manbalari asosida olib borish, tarmoq korxonalari faoliyatida samaradorlikka alohida e’tibor berish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
5 октября 2026 г. 5:26
🎬Видео
#Ekspert_sharhi
Xodimning arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi majburiymi yoki ish beruvchi xodimning bunday ta’til olish haqidagi arizasini rad etishi mumkinmi?
🧢Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat, Muhammadamin Karimjonov javob beradi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
5 октября 2026 г. 4:36
🎬Видео
Haftaning eng muhim voqealari sharhi:
➡️46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘oliblari munosib sharaflandi.
➡️Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh pedagoglarga davlat mukofotlarini topshirib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni e’lon qildi.
➡️FIFA rahbari bilan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
5 октября 2026 г. 4:29
🖼Фото
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining haftalik dayjesti
👍 Biznesning Britaniya modeli: hududlarda yangi investitsiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari kengayadi
👍 Surxondaryoda natijaga asoslangan boshqaruv: islohotlar amaliyotga tatbiq etilmoqda
👍 “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portalini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi
👍 Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda
👍 2027-yil 1-yanvarga qadar "Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti" axborot portali joriy etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi
👍 Davlat xizmatchilarining malakasini oshirish onlayn platformasi – kasbiy rivojlanish uchun zamonaviy ta'lim muhiti
👍 “Samaradorlik xaritasi”
👍 Mehnat shartnomasida xodim o‘z xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi bo‘lgan taqdirda, ish beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi shartligi haqidagi qoidani belgilash mumkinmi?
👍 #Trend_hudud: Baliqchi tajribasi
👍 Mehnat munosabatlarida inson qadri, huquq va manfaatlarini himoya qilish — ustuvor vazifa
👍 JDS dasturining yangi bosqichi: sun’iy intellekt, “aqlli shaharlar” va zamonaviy boshqaruv
👍 Davlat organlari va tashkilotlari davlat mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari profilaktikasi uchun quyidagilarni bajarishi shart
👍 Mehnat shartnomasini 6 oydan keyin bekor qilish bo‘yicha xodim va ish beruvchi o‘rtasida qo‘shimcha kelishuv tuzilgan. Mazkur kelishuv xodimning 6 oy davomida majburiy ishlab berishini anglatadimi?
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
3 октября 2026 г. 18:04
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?"
Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
🔷Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;
🔷Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;
🔷Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;
🔷 oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa