Сообщить об ошибке

Подтвердить права

Добавьте бота @Seekomebot администратором ресурса, затем нажмите «Проверить».

Пожаловаться

📢

ILMIY BOʻLIM YANGILIKLARI ADCHTI

⏳ На проверке
@ADCHTI_ILMIY
Вступить в канал
448подписчиков / участников
0,0рейтинг
Каналтип ресурса
06.10.2026добавлен
Andijon davlat chet tillari institutining ilmiy bo'limi yangiliklari. Savol va takliflar uchun: @Sincere_0110
📚 Образование🌐 Узбекский📍 Узбекистан🔓 Публичный

Последние публикации

🖼Фото
KREATIV G‘OYALAR — YANGI IMKONIYATLAR SARI MUHIM QADAM 👍Andijon davlat chet tillari institutida “Eng kreativ g‘oya” innovatsion g‘oyalar tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tanlov yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda eng yaxshi tashabbuslarni rag‘batlantirishga qaratildi. Tanlov davomida ishtirokchilar yangicha yondashuv va kreativ fikrlashga asoslangan, amaliy ahamiyatga ega g‘oyalarini taqdim etdilar. Hakamlar hay’ati taqdim etilgan ishlarni belgilangan mezonlar asosida baholab, quyidagi g‘oliblarni aniqladi: 🥇 1-o‘rin — Abdurahmonova Hulkaroy Abduvohid qizi, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi. 🥈 2-o‘rin — No‘monova Begoyim Bekzodbek qizi, Xorijiy filologiya va turizm fakulteti 1-bosqich talabasi. 🥉 3-o‘rin — Abdullayeva Dilshodaxon Anvarjon qizi, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi. 🎉 Tanlov yakunida g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz hamda tanlovning respublika bosqichida muvaffaqiyatlar tilaymiz! 👍Sahifalarimizni kuzatib boring: 🌐Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
🎬Видео
😌 YASHIL TASHABBUS — PORLOQ KELAJAK SARI QADAM! 👍 Andijon davlat chet tillari institutining iqtidorli va faol talabalari — Durdonaxon Omonova hamda Muslimaxon Tursunova Andijon milliy teleradiokompaniyasining “Andijon nafasi”ko‘rsatuvida o‘zlarining ekologik loyihalari bilan ishtirok etdilar. ➡️Ko‘rsatuv davomida yosh tashabbuskorlar tomonidan atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda yoshlarni ekologik tashabbuslarga keng jalb etishga qaratilgan loyihalar haqida so‘z yuritildi. 🌱Talabalarimizning mazkur tashabbuslari nafaqat ularning ijodkorligi va izlanuvchanligini, balki jamiyatning ekologik muammolariga befarq emasligini ham namoyon etadi. 🙂 Bugungi yoshlarning ezgu g‘oyalari — ertangi kunning barqaror va farovon hayoti uchun muhim poydevordir. 🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: ✈️adchti.uz 📱Facebook 😎 Instagram 📱 Telegram
🎬Видео
👨‍🎓 IQTIDORLI TALABAMIZ — ANDIJON NAFASI KO'RSATUVI MEHMONI ➡️ Andijon davlat chet tillar instituti Xorijiy filologiya va turizm fakulteti talabasi Xadjiboyeva Maftuna — zamonaviy texnologiyalar va turizm sohasini uyg‘unlashtirishga intilayotgan faol va tashabbuskor yoshlarimizdan biridir. Maftuna “Sayohat AI” nomli startap loyihasining asoschisi, turizmni raqamlashtirish hamda sayohatchilar uchun qulay va zamonaviy yechimlar yaratishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. ✨ “Sayohat AI” loyihasi turizm sohasida sayohat jarayonini yanada qulaylashtirish va foydalanuvchilarga zamonaviy raqamli imkoniyatlarni taqdim etishga qaratilgan Talabamizning faoliyati buning o‘zi bilangina cheklanmaydi. U: 💎 Startup Ambassador; 💎 Texnopark rezidenti; 💎 Innoix biznes inkubatsiya dasturi bitiruvchisi; 💎 Robocode IT akademiyasi Project Manageri sifatida ham faoliyat yuritmoqda. 👦 Institutimiz jamoasi iqtidorli talabamizning kelgusidagi loyihalari va tashabbuslariga muvaffaqiyat tilaydi! 🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: ✈️adchti.uz 📱Facebook 😎 Instagram 📱 Telegram
🎬Видео
🎓 “KICHIK ALLOMA” — KATTA G‘OYALAR SARI MUHIM QADAM! ✅ Andijon davlat chet tillari institutining iqtidorli va tashabbuskor talabalaridan biri, institut Startap klubi koordinatori Komiljonov Shoxruxbek Komiljon o‘g‘li "Kichik alloma" nomli Startap loyihasi bilan Milliy teleradiokompaniyaning “Andijon nafasi” ko‘rsatuvida ishtirok etdi. 🌙 “Kichik alloma” — umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga uy vazifalarini bajarishda ko‘maklashish, pedagoglar va ota-onalar uchun qulay va samarali tizim yaratish g‘oyasiga asoslangan startap loyiha. Loyiha orqali: ✅boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining uy vazifalarini mustaqil bajarishiga ko‘maklashish; ✅pedagoglar uchun ta’lim jarayonini yanada qulay tashkil etish; ✅ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonini kuzatish va qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini yaratish; ✅zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan. 🗝Yoshlarning izlanishi, kreativ g‘oyalari va zamonaviy yechimlari — kelajak taraqqiyotining muhim omilidir! 🕸Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring: ✈️adchti.uz 📱Facebook 😎 Instagram 📱 Telegram
🖼Фото
Aziz ustozlar, muhtaram professor-o‘qituvchilar, qadrli murabbiylar! Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Ustozlik — insoniyat tarixida eng sharafli, eng mas’uliyatli va eng ulug‘ kasblardan biridir. Zero, jamiyatning ma’naviy qiyofasi, yosh avlodning bilim va tafakkuri, Vatanga sadoqati, kelajakka ishonchi, eng avvalo, fidoyi ustozlarning mashaqqatli va sharafli mehnati bilan shakllanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim va ilm-fanning o‘rni tobora ortib bormoqda. Zamonaviy bilimlarni egallagan, xorijiy tillarni puxta biladigan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatli va raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashda siz, aziz ustozlarning hissangiz beqiyosdir. Andijon davlat chet tillari institutining professor-o‘qituvchilari ham o‘zining bilim va tajribasi, ilmiy salohiyati, fidoyiligi hamda kasbiga bo‘lgan sadoqati bilan nafaqat malakali mutaxassislar tayyorlash, balki yosh avlod qalbida ilmga muhabbat, Vatanga daxldorlik va yuksak insoniy fazilatlarni qaror toptirish yo‘lida munosib xizmat qilib kelmoqda. Ayniqsa, ustozning mehnati auditoriya bilan cheklanmaydi. Har bir talabaning yutug‘i, uning hayotda o‘z o‘rnini topishi, jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishishi ortida ustozning sabri, maslahati, e’tibori va mehr-muhabbati mujassam. Shu bois ustozga ko‘rsatilgan hurmat — ilmga, ma’rifatga va kelajakka ko‘rsatilgan hurmatdir. Ushbu qutlug‘ ayyomda institutimizning barcha professor-o‘qituvchilari, faxriy ustozlari, murabbiylari hamda butun umrini ta’lim-tarbiya va ilm-fan ravnaqiga bag‘ishlagan fidoyi insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, uzoq umr, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuq va zafarlar tilayman. Shogirdlaringizning kamoli, yutuqlari va ehtiromi doimo Sizga kuch-g‘ayrat va faxr bag‘ishlasin! 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Dilshodbek Rustamov Andijon davlat chet tillari instituti rektori ✅ @d_roostamov

Профиль

Продвижение